$
 12800.13
-7.9
 13467.02
-145.35
 129.02
-1.13
weather
+26
Кечаси   +14°

Dunyo brendlari Rossiyaga qaytmoqda

Dior

Sanksiyalar fonida Rossiyani tark etgan dunyoning mashhur brendlari Rossiya bozoriga qaytishni boshladi. Bu jarayon asosan kiyim va avtomobil brendlarida kuzatilmoqda.

Coco Chanel

Shveysariyada ro‘yxatdan o‘tgan “Shanel SARL” kompaniyasi Coco Chanel brendini Rossiyada ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirdi. Agar barcha huquqiy masalalar hal etilsa, kompaniya yana o‘z mahsulotlarini, jumladan, kosmetika, parfyumeriya, kiyim-kechak va aksessuarlarni Rossiya bozoriga taklif qila oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Frantsiyaning Chanel modalar uyi Rossiyadan butunlay chiqib ketishga va o‘z butiklarini yopishga qaror qilgan edi.

Trussardi

Bundan tashqari, Italiyaning Trussardi brendi ikki yillik tanaffusdan keyin Rossiya bozoriga qaytishini e’lon qildi va buni Yevropada talabning pasayishi bilan izohladi.

Hyundai

Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi ham Rossiyadagi mavjudligini tiklash choralarini ko‘rmoqda va “Rospatent”ga tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 17 ga yaqin ariza topshirgan.

Hugo Boss

Shuningdek, Germaniyaning Hugo Boss kiyim-kechak brendi Rossiyada faoliyatini tikladi. Stockmann Rossiya riteyleri boshqaruvi ostida Hugo Boss kompaniyasining 19 ta do‘koni ochildi. Brend saqlanib qoldi, ammo yuridik shaxs “Hugo Boss Rus” dan “Link Fashion”ga o‘zgartirildi.

Christian Dior

Shu bilan birga, Fransiyaning hashamatli brendi Christian Dior “Rospatent”ga Dior, Dioramour va Gem Dior savdo belgilarini, shuningdek, C va D harflarining stillashtirilgan tasviri tushirilgan logotipni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirdi. Bu brendning Rossiya bozoriga qaytishi mumkinligidan dalolat beradi.

Chery

Xitoyning Chery avtomobil ishlab chiqaruvchisi Rossiyada, ehtimol Sollers zavodida avtomobil ishlab chiqarishni tashkil etishga tayyorlanayotgan bo‘lishi mumkin. Chery Rossiyada eng ko‘p sotiladigan uchta Xitoy brendidan biri bo‘lib, u oyiga 10 000 dan ortiq avtomobil sotadi.

PepsiCo

Xususan, Amerikaning PepsiCo kompaniyasi Rossiyada, Novosibirsk yaqinida sneklar va sho‘r gazaklar ishlab chiqaruvchi zavodning birinchi bosqichini ishga tushirdi. Ishlab chiqarish quvvati yiliga 60 ming tonnani tashkil etadi.

Теги :
Jamiyat