Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 90 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +9° kechasi +8°

Bozorlarda narx-navo qanday?

Raqobat qo‘mitasi tomonidan “Chorsu” dehqon bozoridagi narxlar o‘rganildi.

2 daqiqa o‘qiladi

Bozorlarda narx-navo qanday?

Bozorlarda narx-navo qanday?

Raqobat qo‘mitasi tomonidan “Chorsu” dehqon bozoridagi narxlar o‘rganildi.  10 turdagi mahsulot narxlari monitoring qilindi. Unga ko‘ra, piyoz – 3 000 so‘m, kartoshka – 5 ming so‘m, shakar – 15 000 so‘m ekanligi aniqlangan.

10 turdagi mahsulot monitoringi

Qayd etilishicha, Raqobat qo‘mitasi tomonidan isteʼmol bozorlaridagi 10 turdagi ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxlari doimiy monitoring qilib boriladi. Toshkent shahrida joylashgan “Eski jo‘va” (Chorsu) dehqon bozorida ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlarning chakana narxlari bugungi kun holatiga quyidagicha:

Mahalliy un (1-nav) – 6 000 so‘m

Mahalliy un (oliy nav) – 8 000 so‘m

Qolipli non – 3 000 so‘m

Mol go‘shti (suyakli) – 70 000 – 85 000 so‘m 

Qo‘y go‘shti – 90 000 so‘m

Parranda go‘shti – 30 000 so‘m

Tuxum – 1 000 – 1 500 so‘m

Paxta yog‘i – 15 000 so‘m

Kungaboqar yog‘i – 19 000 so‘m

Shakar – 13 000 – 15 000 so‘m

Guruch (alanga) – 17 000 – 22 000 so‘m

Qadoqlangan sut (mahalliy) – 11 000 – 14 000 so‘m

Kartoshka – 4 000 – 5 000 so‘m

Piyoz – 2 500 - 3 000 so‘m.

1,8 foizgacha arzon

O‘zbekistonda iyun oyi davomida oziq-ovqat mahsulotlari 1,8 foizgacha arzonlashgan bo‘lsa, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,8 foizga, xizmatlar 0,9 foizga qimmatlashgan. Yillik nisbatda esa oziq-ovqatlar narxida 3,5 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlarida 7,9 foiz, xizmatlarda 27,9 foiz o‘sish kuzatilgan.