$
 12009.27
-51.57
 13688.17
-66.01
 153.75
-1.25
weather
+26
Кечаси   +14°

Kimdir kambag‘allashayotgan bir paytda, boshqalar boyimoqda: 2025-yilda qariyb 1 million yangi millioner paydo bo‘ldi

PUL

2025-yilda dunyodagi umumiy xususiy boylik 10,8 foizga oshdi. Bu so‘nggi yillardagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi. Taqqoslash uchun, 2024-yilda o‘sish 4,6 foizni, 2023-yilda esa 4,2 foizni tashkil etgan. Bu haqda Shveysariyaning UBS banki e’lon qilgan yillik Global Wealth Report hisobotida ma’lum qilindi.

Qariyb 1 million yangi millioner

Moliyaviy bozorlarning o‘sishi fonida 2025-yilda qariyb 1 million kishi ilk bor dollar millioneri maqomiga ega bo‘ldi. UBS ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu o‘sishning deyarli yarmi AQSh hissasiga to‘g‘ri kelgan. Mamlakatda 440 mingdan ortiq kishining boyligi 1 million dollardan oshgan.

Shu bilan birga, Yevropada xususiy kapitalning dollar hisobidagi hajmi boshqa mintaqalarga nisbatan tezroq o‘sdi. Bunga dollarning yevroga nisbatan qadrsizlangani asosiy omillardan biri bo‘ldi.

Tengsizlik kuchayishda davom etmoqda

Umumiy boylik oshganiga qaramay, 2020-yildan buyon eng boy qatlam va aholining qolgan qismi o‘rtasidagi tafovut tobora kengaymoqda. UBS qayd etishicha, o‘rta sinfning haqiqiy ahvolini yaxshiroq aks ettiradigan median boylik darajasi ko‘plab mamlakatlarda pasaygan.

Bank tahlilchilarining fikricha, bu dunyo boyligidagi o‘sishning asosiy qismi eng badavlat insonlar qo‘lida jamlanayotganini ko‘rsatadi.

Hisobotni tayyorlash jarayonida UBS dunyo xususiy boyligining 92 foizdan ortig‘ini qamrab oluvchi 56 ta bozorni tahlil qilgan.

Millionerlar uchun eng jozibador shahar — Dubay

Tadqiqot nimani ko‘rsatdi?

Savills Plc kompaniyasi Dubayni badavlat insonlar uchun dunyoning eng jozibador shahri deb topdi. Tahlilchilar 30 ta yirik shaharni investitsion jozibadorlik va yuqori daromadli insonlar uchun hayot sifati mezonlari asosida baholagan.

Dubay nega birinchi o‘rinni egalladi?

Tadqiqotga ko‘ra, Dubay quyidagi omillar hisobiga yetakchilik qildi:

  • meros solig‘ining yo‘qligi;
  • kapital qiymatining barqaror o‘sishi;
  • rivojlangan infratuzilma;
  • yuqori xavfsizlik darajasi;
  • ko‘plab xalqaro maktablarning mavjudligi.