$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

“Ezgulik” inson huquqlari jamiyati rahbari prezidentga murojaat yo‘llamoqchi

Abdurahmon Tashanov

“Ezgulik” inson huquqlari jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov o‘zining Facebookdagi rasmiy sahifasida so‘nggi vaqtlarda o‘ziga nisbatan turli bosimlar oshib borayotganini ma’lum qildi.

“Sharafsizlar oldida ojiz qoldim”

Ma’lum bo‘lishicha, 26-yanvar kuni Hindistonga uchayotganida, Toshkent xalqaro aeroportida uning pasportini olib qo‘yib, 1 soatdan ortiq ushlab turishgan hamda haqoratomuz munosabatda bo‘lishgan. “Dehliga juda yomon kayfiyatda uchyapman. Aeroportda narsalarimni titib tashlashdi, pasportimni olib qo‘yib, bir soatdan ortiq ushlab o‘tirishdi. Yechintirib, chotimgacha tekshirishdi. O‘ta haqoratomuz munosabatda bo‘lishdi. Kimga shikoyat qilaman, hatto bilmayman. Aeroport xodimlarining yuz-ko‘zida xijolatchilik sezdim. “Aka, xizmatchilik, sizni taniymiz” deyishdi. Bunaqangi haqoratomuz munosabatdan so‘ng ortga qaytmoqchi bo‘ldim, sherigim shashtimdan qaytardi. Sharafsizlar. Huquq himoyachisi bo‘la turib, o‘zgalar huquqini himoya qilib, sharafsizlar oldida ojiz qoldim. Sog‘lig‘imga putur yetdi, o‘tgan hafta shifoxonadan chiqqandim. Ming la’nat!” — deb yozgan huquq faoli.

“Soyalar va qoyalar kurashi”

Tashanov avvalroq, 24-yanvar kuni ham Facebook’dagi sahifasiga muqobil ravishda kirish holati aniqlangani haqida yozgan. Shuningdek, u 22-yanvar kuni o‘zi haqida kompromat yig‘ishga urinayotganlar borligi hamda bu borada bir necha xatlar olganini ham yozgan. “G‘amxo‘rlarimizning biz haqimizda kompromat yig‘ishga urinayotgani haqida xabarlar kelmoqda. Kecha bu borada bir necha xatlar oldim. Nazarimda, nimadir qilishmoqchi, qandini ursin. Bu soyalar va qoyalar kurashi, qurbon bo‘lsak, achinmayman”, – degan Tashanov o‘z postida. Kun.uz manbasiga ko'ra, “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov prezidentga murojaat yo‘llamoqchi. Ma'lumot uchun, manba keyinchalik ushbu mavzuga aloqador postni o'zining Telegramdagi rasmiy sahifasidan o'chirdi.

Jamoat faollariga bosim bo'lyaptimi?

Avvalroq jurnalist Ilyos Safarov ham “oxirgi vaqtlarda ovozi ozgina balandroq chiqayotgan jurnalist, bloger va tahlilchilar borki, g’amxo’rlari ko’payib qolgani” haqida yozgan edi. “Bir necha kun avval siyosatshunos Hamid Sodiq “mahalla raisligi uchun” hujjatlari obdon o’rganilayotganidan xabar topganini yozgandi. Kecha Abdurahmon Tashanov o’ziga, oilasiga nisbatan kuchaygan trollar hujumi haqida ma’lum qildi. Bugun xabar keldiki, mening ham qishloqda nechta chorvam borligidan tortib, uyimizdan qancha chiqindi chiqishigacha surishtirishayotgan ekan”, deya yozgan u. 

Теги :
Jamiyat