Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +23° kechasi +9°

O‘zbekistonda bolalar salomatlikka zarar yetkazuvchi axborotlardan qanday himoya qilinmoqda?

O‘zbekistonda 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan 16 ming nafar o‘quvchi bolalar o‘rtasida so‘rov o‘tkazildi.

1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda bolalar salomatlikka zarar yetkazuvchi axborotlardan qanday himoya qilinmoqda?

O‘zbekistonda 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan 16 ming nafar o‘quvchi bolalar o‘rtasida so‘rov o‘tkazildi. Natijalar har 10 nafar boladan 8 tasi bevosita o‘z uyidan internetga ulanishini ko‘rsatdi. Bu haqda “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Qonuni ijrosini monitoring qilish bo‘yicha Bolalar ombudsmani rahbarligidagi yig‘ilishda aytib o‘tildi.

Bolalarni zararli axborotdan himoya qilish Qonuni ijrosi taʼminlanmoqda(mi)?

Yig‘ilishda mamlakatimizda bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishning real holati hamda bu borada mas’ul davlat organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan 16 ming nafar o‘quvchi bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovda har 10 nafar boladan 8 tasi bevosita o‘z uyidan internetga ulanishini bildirgan.

606 ta xabarnoma yuborilgan

Idoralararo ishchi guruh a’zosi AOKA Media-rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Kurbanbayev taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan Qonun talablari buzilgan axborotlarni bartaraf etish talabi bilan 606 ta xabarnoma yuborilgan.

Shuningdek, mazkur yo‘nalish bo‘yicha 5250 ta axborot resursning identifikatsiya ma’lumotlari taqiqlangan axborot mavjud bo‘lgan butunjahon Internet tarmog‘ining axborot resurslari reyestriga kiritilgan.