Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
⛅ +17° kechasi +9°

Aksariyat ijtimoiy tarmoqlar 13 yoshdan kichiklarga ro‘yxatdan o‘tishni taqiqlaganiga qaramay, 12 yoshdagi bolalarning 80 foizi o‘z akkauntga ega

Avstraliya parlamenti 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlovchi qonun loyihasini ko‘rib chiqishga tayyorlanmoqda.

2 daqiqa o‘qiladi

Aksariyat ijtimoiy tarmoqlar 13 yoshdan kichiklarga ro‘yxatdan o‘tishni taqiqlaganiga qaramay, 12 yoshdagi bolalarning 80 foizi o‘z akkauntga ega

Avstraliya parlamenti 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlovchi qonun loyihasini ko‘rib chiqishga tayyorlanmoqda. Bu misli ko‘rilmagan qadam bo‘lib, ekranlar va ijtimoiy tarmoqlardan haddan tashqari foydalanishning bolalar ruhiy salomatligiga, xususan, jizzakilik va depressiyaning kuchayishiga ta’siri haqida xavotir ortishidan kelib chiqmoqda.

Garchi ko‘plab mamlakatlar ushbu masalani o‘rganayotgan bo‘lsa-da, Avstraliya taklifi hozirgi kundagi eng radikal hisoblanadi.

Qonun qabul qilinsa, bir yildan so‘ng kuchga kiradi

Agar qonun qabul qilinsa, u bir yildan so‘ng kuchga kiradi va ijtimoiy tarmoqlarga eng yuqori yosh chegarasini belgilaydi. Meta va TikTok kabi yirik kompaniyalar foydalanuvchilar yoshini tekshirishning qat’iy va mukammal mexanizmlarini ishlab chiqishlari hamda voyaga yetmagan foydalanuvchilar uchun kirishni cheklashlari kerak bo‘ladi.

Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaneze qonunga rioya qilinishiga javobgarlik ota-onalar yoki bolalar emas, balki platformalarga yuklanishini ta’kidladi. Loyiha, ota-onalarning roziligi yoki bolalarning mavjud akkauntlariga oid istisnolarni o‘z ichiga olmaydi.

12 yoshdagi bolalarning 80 foizi ijtimoiy tarmoqlarda akkauntga ega

Avstraliya va mamlakatda faoliyat ko‘rsatuvchi ijtimoiy tarmoqlar uchun asosiy masala — qonunning amaliy ijrosidagi muammolar bo‘ladi. 

Aksariyat ijtimoiy tarmoqlar rasman 13 yoshdan kichik bolalarga ro‘yxatdan o‘tishni taqiqlaydi. Biroq, 2022-yil Britaniyada o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, 12 yoshdagi bolalarning 80% ijtimoiy tarmoqlarda akkauntga ega. Bu foydalanuvchilarning yoshini tekshirish qiyinligini va mavjud cheklovlarni aylanib o‘tishni ko‘rsatadi.

Texnologiya sohasidagi ba’zi ekspertlar, yirik platformalarga kirish taqiqlansa, bolalarning yashirin va boshqarilmaydigan ijtimoiy tarmoqlarga o‘tishini va bu ular uchun yanada katta xavf tug‘dirishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Bunday tarmoqlarda bolalar hech qanday himoyalarsiz kiberbulling, istalmagan kontent va boshqa xatarlarga duch kelishi mumkin. 

Bolalarni himoya qilish va noqonuniy platformalar bilan bog‘liq xavflarni qanday muvozanatlashtirish masalasi hali ham ochiq qolmoqda.