Payshanba, 22-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +21° kechasi +9°

O‘zbek bokschilarining muvaffaqiyat siri nimada?

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev o‘z shogirdlarining Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlaridagi muvaffaqiyatli ishtiroki haqida Qozog‘iston Youtube kanaliga intervyu berdi.

2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbek bokschilarining muvaffaqiyat siri nimada?

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev o‘z shogirdlarining Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlaridagi muvaffaqiyatli ishtiroki haqida Qozog‘iston Youtube kanaliga intervyu berdi. 

“E’tibor yuqoridan, prezidentdan bo‘ldi”

“G‘alabalar siri nimada? Menimcha, bu hamjihatlikda. Biz kecha-yu kunduz, har kuni ishladik. Har bir sportchiga alohida murabbiy taklif qildik. Xato qilishga haqimiz yo‘q edi. Agar muvaffaqiyat ildiziga qarasak, e’tibor yuqoridan, prezidentdan bo‘ldi. Biz so‘ragan hamma narsani tayyorlab berishdi. Men esa har bir murabbiy o‘z ishini bajarishi uchun reja tuzdim. Misol uchun, men kubalik murabbiyga maydondagi kechki mashg‘ulot uning ishi ekani, kardio murabbiyiga kunduzgi mashg‘ulotga u javob berishini aytdim. Har bir murabbiy chin yurakdan ishladi. Ular o‘z ishini yuqori saviyada bajardi. Men murabbiylarning har birini nazorat qildim.”, — deydi murabbiy.

Sportchilar haqida

Murabbiy bundan tashqari, sportchilarning mehnati va ruhiy holatini ham yoddan chiqarmadi: “Yigitlarga ham ishonchim komil edi: bizda o‘zbekcha mentalitet, urf-odatlar – hammasi saqlanib qolgan. Biz vatanimiz uchun, qarindoshlarimiz uchun, oilamiz uchun har narsaga tayyormiz. Yigitlar borini berishdi. Mashg‘ulotlardan o‘zim rohatlandim”. 2024-yilgi Olimpiadada o‘zbekistonlik bokschilar beshta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Hasanboy Do‘stmatov (51 kilogrammgacha), Abdumalik Halokov (57), Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (71), Lazizbek Mullajonov (92) va Bahodir Jalolov (92+) musobaqada oliy natijani qayd etishdi.