$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston World Boxing tashkilotiga a’zo bo‘ldi

World Boxing rasmiy sayti O‘zbekiston boks federatsiyasi World Boxing xalqaro boks tashkiloti a’zoligiga qabul qilinganini ma’lum qildi. Tashkilot O‘zbekistondan tashqari, Qozog‘iston, Gvatemala va Laosning a’zolik arizasini qabul qilgan.

Tashkilotning yangi a’zolari

3-noyabr kuni AQSHning Kolorado shtati Pueblo shahrida o‘tgan butunjahon boks federatsiyasining yil yakunlariga bag‘ishlangan kongressida O‘zbekiston va yana uch mamlakatning tashkilot a’zoligiga qabul qilingani e’lon qilingan. Qayd etilishicha, World Boxing O‘zbekistondan tashqari, Qozog‘iston, Gvatemala va Laosning a’zolik arizasini qabul qilgan va shu tariqa, tashkilotga a’zo milliy federatsiyalar soni 55 ta mamlakatga yetgan. 

World Boxing e’tirofi

"O‘zbekiston va Qozog‘iston singari yetakchi boks mamlakatlarining World Boxing a’zosiga aylangani ulkan voqelik bo‘lib, Osiyoda hali 13 ta a’zo mamlakatga ega yangi tashkil etilgan xalqaro federatsiyaning qit’adagi o‘rnini sezilarli darajada oshirdi", — deyiladi tashkilot bayonotda. Shuningdek, xabarda O‘zbekiston so‘nggi Parij Olimpiadasi boks bahslarida 5 ta oldin medal bilan umumjamoaviy reytingda birinchi o‘rinni egallagani e’tirof etilgan.

XOQ va IBA ziddiyati

Parij-2024 Olimpiadasidan oldin Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Xalqaro boks assotsiatsiyasiga (IBA) a’zo bo‘lgan milliy federatsiyalar sportchilariga 2028-yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishni taqiqlagan. "Boks 2028-yilgi Olimpiada o‘yinlarining sport dasturiga kiritilmagan. XOQ boks bo‘yicha bunday olimpiya musobaqasini boshqa o‘tkaza olmasligini ma’lum qildi. Buni bartaraf qilish uchun Olimpiada boksi ishonchli va yaxshi boshqariladigan xalqaro federatsiya tomonidan tashkil qilinishi kerak. Milliy federatsiyasi IBA a’zosi bo‘lgan har qanday bokschi 2028-yilgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi. MOQ ishonchli hamkor tashkilotisiz boksni Olimpiya o‘yinlarida tashkil etmaydi. Milliy federatsiyalar ularning bokschilari Olimpiya medaliga ega chiqishni istasa, unda ishonchli, barcha talabga javob bera oladigan, yaxshi boshqaruvga ega xalqaro federatsiya atrofida birlashishsin", — degan MOQ prezidenti Tomas Bax.

World Boxing 2023-yil aprel oyida IBA’ga muqobil sifatida va boksni Olimpiya harakatida saqlab qolish maqsadida tashkil etilgan. Tashkilot Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan tan olinishiga erishish niyatida. World Boxing tashkilotida niderlandiyalik Boris van der Vorst prezident hisoblanadi.

Теги :
Jamiyat