$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonlik eng kuchli bokschining navbatdagi jangi tasdiqlandi

Murodjon Ahmadaliyev

Birinchi yarimengil vaznda sobiq jahon chempioni, WBA kamari uchun rasmiy da’vogar Murodjon Ahmadaliyevning jangi sanasi ma’lum bo‘ldi. 

Prof boks oqshomi

Ahmadaliyev vaqtinchalik WBA kamari uchun jang o‘tkazadi. Murodjon Ahmadaliyev (12-1, 9 KO) 14-dekabr kuni Monte-Karlo shahrida Matchroom promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan prof boks oqshomining markaziy jangida ringga ko‘tariladi. Jang birinchi yarimyengil vaznda vaqtinchalik WBA kamari uchun bo‘lib o‘tadi. 

Rikardo Espinosa Frankoning natijasi

29 yoshli bokschimiz meksikalik 27 yoshli Rikardo Espinosa Franko (30-4, 25 KO)ga qarshi ringga chiqadi. Bu bokschi WBA reytingida 13-o‘rinni egallab turibdi. Rikardo Espinosa Franko 2019-yilda yengil vaznda vaqtinchalik WBO kamari uchun ham jang o‘tkazgan edi. O‘shanda u uch vazn toifasida jahon chempioni Jon Ril Kasimeroga 11-raundda nokaut bilan yutqazgandi. Jang to‘xtatilguniga qadar hakamlar hisob-kitobiga ko‘ra durang bo‘lib turgan edi. 

 Mendan qochishda davom etaversin

“Ishga qaytganimdan xursandman. Aftidan, bu P4P yulduzi, ya’ni Inoue hali katta chaqiruvlarga tayyor emas ekan. Mendan qochishda davom etaversin. Men baribir o‘zimga tegishli narsani qo‘lga kiritaman. Murodjonni kuting, dekabr ancha qaynoq bo‘ladi”, — dedi charm qo‘lqop ustasi. Murodjon Ahmadaliyev yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inouening WBA chempionlik kamariga rasmiy va majburiy da’vogar hisoblanadi. Naoya dekabr oyining so‘nggida avstraliyalik Sem Gudmanga qarshi ringga ko‘tariladi.

Ma’lumot uchun, Ahmadaliyev shu vaqtga qadar profboksda 13 marta ringga ko‘tarilib, janglarining 12 tasida raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan, 1 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan. Rikardo Espinosa esa 34 marta ringga ko‘tarilib, 30 ta jangda g‘alaba qozongan, 4 ta bahsda mag‘lubiyatga uchragan.

Теги :
Jamiyat