$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Surxondaryo viloyatida noqonuniy tamaki mahsulotlari musodara qilindi

tamaki

Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi axborot xizmati ma'lumotlariga koʻra, 2023-yilda 291 holatda 92,3 milliard soʻmlik 5 million 622 ming 442 quti noqonuniy tamaki mahsulotlari aniqlangan. Bu jarayon 2024-yilda ham davom etib, joriy yilning oʻtgan davrida 21,6 milliard soʻmlik 979 ming quti tamaki mahsulotlari musodara qilindi. Ushbu holatlar yuzasidan bir qator tergov harakatlari olib borilmoqda, sudga topshirilgan ishlar ham bisyor.

“Ayritom” chegara bojxona postida shubhali yuk mashinasi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona postida tamaki mahsulot kontrabandasiga chek qoʻydi.

"Chegara bojxona postiga qoʻshni davlatdan kirib kelgan fuqaro T.B. boshqaruvidagi yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona postida mavjud inspeksion koʻrik majmuasidan oʻtkazilganda, rentgen tasvirlari avtotransport vositasida yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilgan tovarlardan boshqa tovarlar borligi koʻrsatdi. Shundan soʻng, avtotransport vositasi holislar ishtirokida bojxona koʻrigidan oʻtkazildi", - deyiladi rasmiy ma'lumotda.

3 xil nomdagi 27 000 quti sigaret

Ma'lum boʻlishicha, umumiy qiymati 1 mlrd. 26 mln. soʻmlik 3 xil nomdagi jami 27 000 quti sigaret mahsulotlari mamlakatga chet eldan noqonuniy olib kirilayotgani aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bu yagona holat emas

Anhor.uz” sayti viloyatda bundan ham kattaroq kontrabanda holatlari yuz bergani haqida yozdi. Masalan, 2023-yilning avgust oyida “Sariosiyo” temir yoʻl chegara bojxona postida aksiz markalari mavjud boʻlmagan va bojxona nazoratidan yashirilgan umumiy qiymati 12 mlrd. 450 mln. soʻmlik 957 500 quti sigaret borligi aniqlangan. 2023-yilning sentyabr oyida esa viloyatning “Boldir” temir yoʻl chegaraxa bojxona postida 12 mlrd. 771 mln. soʻmlik 851 460 quti noqonuniy sigaret mahsulotlari aniqlangan. Va yana koʻpgina shunga oʻxshash holatlar aniqlangan.

Doʻkonlarda noqonuniy sigaretlar savdosi davom etmoqda

Huquq-tartibot idoralari kontrabanda mahsulotlariga qarshi kurash olib borayotganiga qaramay ayni damda mamlakat doʻkonlarida aksizsiz sigaretlar savdosi davom etmoqda.

Sayt ma'lumotiga koʻra, Termiz shahridagi ayrim doʻkonlarda noqonuniy sigaretalar ochiq holda sotilmoqda. Bundan tashqari, chakana savdo obyektlari, odatda, onlayn kassa kvitansiyasini bermaydi, bu esa qonun buzilishiga sabab bo‘ladi.

Jazo qanday?

Qonunchilikka ko‘ra, tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, quyidagi jazo choralaridan biri qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi:

BHMning 200 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda (66 mln so‘mdan 132 mln so‘mgacha) jarima;

3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;

5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shuningdek, mazkur harakatlar quyidagi holatda sodir etilgan bo‘lsa, 7 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi:

juda ko‘p miqdorda;

uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab.

Munosabat

Fayzbog‘ telegram kanali bu kabi holatlarni bartaraf etish uchun nima qilish kerakligi haqida o‘z fikrini bildirdi

Menimcha, noqonuniy savdo muammosini hal etishda soliq organlari yanada faolroq ishtirok etishi kerak. Axir tamaki mahsulotlarini sotish bilan bogʻliq barcha talablar bajarilishini ta'minlash ularning ham vazifasi hisoblanadi. Bojxona tizimi qoʻlidan kelgan barcha ishni qilmoqda, unga yordam berish zarur.

Теги :
Jamiyat