$
 12586.41
-13.51
 13497.67
-13.22
 144.49
0.01
weather
+26
Кечаси   +14°

Bojxona to‘lovlaridan bo‘yin tovlash maqsadida qilingan hiylalar

bj

Bojxona to‘lovlaridan bo‘yin tovlash maqsadida qilingan hiylalar

606 ming dollarlik tovar mahsulotlarini olib o‘tishda bojxona to‘lovlaridan qochish holati yuz berdi.

Bojxona to‘lovlaridan qochish

Bojxona xodimlari tomonidan to‘lovlar to‘liq va to‘g‘ri undirilishini monitoring qilish jarayonida ayrim tadbirkorlar tomonidan bojxona to‘lovlaridan bo‘yin tovlash maqsadida bojxona rasmiylashtiruvi tartibotlarini qo‘pol ravishda buzish holatlari aniqlanmoqda. 

606 ming dollarlik tovarni olib o‘tishdagi hiyla

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi masofaviy deklaratsiyalash bojxona postiga Xitoy davlatidan olib kelingan narxi 606 ming dollarlik quvur tovarlariga bojxona boji nol stavkali bo‘lgan tashqi iqtisodiy mahsulot nomenklaturasini kiritilib bojxona deklaratsiyasiga taqdim etilgan.

Mazkur tovar kodi esa bojxona xodimlarida shubha uyg‘otgan va ma’lumotlar o‘rganilish natijasida esa tovar kodi almashtirilganligi aniqlanib, 861 million so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari undirilib, davlat budjetiga o‘tkazildi.

Nol stavka tovar kodi bilan taqdim etilgan bu mahsulot uchun aslida 5 stavka bojxona boji to‘lanishi belgilab qo‘yilgan edi.

Теги :
Жамият