Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
⛅ +17° kechasi +9°

Bojxonalarda texnik vositalar oʻrnatilishi natijasida salkam 300 mlrd. so‘mlik noqonuniy tovarlar aylanmasi oldi olindi

Oʻzbekistonda “Eksport 3 qadam” axborot tizimi ishlab chiqilib, eksport bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirishning 9 bosqichli tartibi 3 barobarga qisqardi.

3 daqiqa o‘qiladi

Bojxonalarda texnik vositalar oʻrnatilishi natijasida salkam 300 mlrd. so‘mlik noqonuniy tovarlar aylanmasi oldi olindi

Oʻzbekistonda “Eksport 3 qadam” axborot tizimi ishlab chiqilib, eksport bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirishning 9 bosqichli tartibi 3 barobarga qisqardi. Natijada tadbirkorlarning yuk deklaratsiyasini to‘ldirish vaqti 30 daqiqadan 5 daqiqaga qisqarib, rasmiylashtirish uchun yillik 80 mlrd. so‘m xarajatlari tejalmoqda. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Husan Tangriyev ma’lum qildi.

Bojxona organlari faoliyatini raqamlashtirish orqaligina bojxona tartibotlarida samaradorlikka erishish mumkin

Bojxona qo‘mitasining navbatdagi brifinggi “Bojxona organlari faoliyatini raqamlashtirish yo‘nalishida olib borilayotgan chora-tadbirlar” mavzusiga bag‘ishlanadi. Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlar doirasida bojxona organlarida zamonaviy axborot tizimlari va elektron xizmatlarni keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekistonning tashqi savdo ko‘rsatkichlari hamda chegara-bojxona postlari orqali harakatlanayotgan jismoniy shaxslar, tovar va transport vositalari soni oshib borayotgan hozirgi holatda bojxona organlari faoliyatini raqamlashtirish orqaligina bojxona tartibotlarida samaradorlikka erishish mumkin.

Shu maqsadda so‘nggi uch yilda bojxona organlari faoliyatiga 23 ta yangi axborot tizimi, 13 ta yangi elektron xizmat, 9 ta mobil ilova joriy etildi.

8 ta davlatning bojxona xizmatlari bilan, shuningdek 30dan ziyod vazirlik va idoralar, 39 ta aviakompaniyalar bilan o‘zaro axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi. Mavjud axborot tizimlariga 250 ziyod yangi modullar, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Dasturiy ta’minotlarning uzluksiz ishlashi uchun 87 ta qurilmalar faoliyati ta’minlandi.

Sohani raqamlashtirish qanday natija berdi?

 Sohani raqamlashtirish hisobiga:

  • eksport tovarlarining 92 foizi va import tovarlarining 74 foizi soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirildi;
  • bunda deklaratsiyalarni inson omilisiz rasmiylashtirish hajmi 16 foizga yetkazilib, bu ko‘rsatkich eksport tovarlariga oid deklaratsiyalar bo‘yicha 42 foizni tashkil qildi;
  • xavf darajasi past bo‘lgan 145 mingdan ortiq eksport bojxona deklaratsiyalari rasmiylashtiruvi inson omilisiz o‘rtacha 3—5 daqiqada amalga oshirildi.

“Bojxona qonunbuzarliklari”

Joriy yilning o‘tgan davrida:

  • huquqbuzarlik holatlarini bo‘yicha qayd etish bo‘yicha “Bojxona qonunbuzarliklari” avtomatlashtirilgan axborot tizimining yangi talqini ishlab chiqildi;
  • Eksport 3 qadam axborot tizimi ishlab chiqilib, eksport bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirishning 9 bosqichli tartibi 3 barobarga qisqardi. Natijada tadbirkorlarning yuk deklaratsiyasini to‘ldirish vaqti 30 daqiqadan 5 daqiqaga qisqarib, rasmiylashtirish uchun yillik 80 mlrd. so‘m xarajatlari tejalmoqda.

Nazorat texnik vositalarining ahamiyati

Chegara bojxona postlari va ularga tutash hududlardagi obyektlarning infratuzilmasini yaxshilash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va nazorat texnikj vositalari bilan jihozlash ishlariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Joriy yilda 117 ta bojxona postlari qo‘shimcha ravishda 35 turdagi 18 ming 300 dan ziyod nazorat-texnik vositalari bilan jihozlandi. Mazkur texnik vositalar ko‘magida 2023-2024-yillarda salkam 300 mlrd. so‘mlik noqonuniy tovarlar aylanmasi oldi olindi.