$
 12805.09
-10.04
 13889.68
-8.33
 133.10
-0.1
weather
+26
Кечаси   +14°

Joriy yilda bojxonada qancha giyohvandlik vositalari va qurollar ushlab qolindi?

Qurol

Bojxona qo‘mitasida bojxona organlari faoliyatining 9 oylik yakunlariga bag‘ishlangan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda bir qancha noqonuniy harakatlar bilan bog‘liq ayrim raqamlar ochiqlandi.

34 ta qurol, 1 ming 187 ta o‘q-dorilar

Unda keltirilishicha, joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida bojxona organlari tomonidan 888 kg giyohvandlik vositalari, 406 ming dona psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalar ushlab qolingan. Yig‘ilishda aytilishicha, 59 milliard so‘mlik tamaki mahsulotlari hamda 34 ta qurol, 1 ming 187 ta o‘q-dorilar ushlab qolingan.

757 milliard so‘mlik noqonuniy tovarlar

Hisobot davrida xavflarni boshqarish va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish borasida 757 milliard so‘mlik tovarlarning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.

Chegarada import tovarlari ustidan bojxona ko‘riklari samaradorligi oshib, 356 milliard so‘mlik noqonuniy tovarlar daliliy ashyo sifatida olindi.

Iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash

Qo‘shimcha qilinishicha, mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash borasida 10 mingdan ortiq tadbirkorlarga 38 trillion so‘m bojxona to‘lovlaridan imtiyoz va preferensiyalar qo‘llanilgan, 5 trillion so‘m bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lashga ruxsat berilgan.

Теги :
Жамият