$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Qozoq deputati O‘zbekistonning xorijdan kiradigan yuk mashinalari uchun soliq stavkalarini o‘zgartirganiga norozilik bildirdi

Tranzit

Yil avvalida O‘zbekistonga xorijdan yuk mashinalari kirishi uchun soliq stavkalari o‘zgartirildi. Endi Qozog‘iston va Qirg‘izistondan keladigan har bir avtomashina 300 dollar miqdorida soliq to‘lashi kerak bo‘ladi. 

O‘zgarishlar haqida

O‘zbekistonda 2025-yilning 1-yanvaridan boshlab xorijiy yuk avtomobillarining mamlakatga kirishi va tranziti uchun yangi soliq stavkalari amal qila boshladi. Unga ko‘ra, Tojikiston yuk mashinalari uchun soliq (yuk ko‘tarish qobiliyatiga qarab): 10 tonnagacha – 100 dollar, 10 tonnadan 20 tonnagacha – 150 dollar, 20 tonnadan ortiq – 200 dollarni tashkil qildi. Turkmaniston yuk mashinalarining kirishi uchun to‘lash kerak bo‘ladigan narxi esa (yuk ko‘tarish qobiliyatiga qarab): 10 tonnagacha – 130 dollar, 10 tonnadan 20 tonnagacha – 180 dollar, 20 tonnadan ortiq – 250 dollar bo‘ldi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va Ozarbayjonning yuk tashish uchun to‘lov miqdori O‘zbekistonda qolish muddatiga bog‘liq: 14 kungacha – 80 dollar, 14 kundan ortiq – 280 dollar. Shuningdek, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan keladigan yuk mashinalari endi har bir avtomashina uchun 300 dollar, Afg‘onistondan esa 50 dollar, boshqa mamlakatlardan 400 dollar miqdorida soliq to‘lashi kerak bo‘ladi. 

Qozoq deputati nimadan norozi?

Yuqoridagi narx yuzasidan Qozog‘iston parlamenti deputati Bolatbek Aliyev norozilik bildirdi. “O‘zbekiston tashuvchilari Qozog‘iston yo‘llarining 2100 kilometrini, qozoq tashuvchilari esa O‘zbekiston yo‘llarining atigi 600 kilometrini ishlatadi. Ajablanarlisi, har ikki tomon ham bu paritetni hisobga oladi”, — degan qozog‘istonlik siyosatchi. Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning Qozog‘iston orqali tranzit tashuvi qarama-qarshi yo‘nalishdagi tranzitdan o‘nlab marta ko‘p. Deputat Qozog‘iston Yevro-4 standartiga javob bermaydigan yuk mashinalari uchun o‘z yo‘llarida harakatlanish uchun oshirilgan tariflarni qo‘llashi kerak, deb hisoblaydi.

Теги :
Jamiyat