Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 88 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +10° kechasi +9°

36 turdagi mahsulotlar uchun bojxona bojining nol stavkasi muddati uzaytirildi

Ularning asosiy qismini oziq-ovqat mahsulotlari tashkil qilmoqda.Mazkur stavka 2023-yilning mart oyida joriy etilgan edi.

2 daqiqa o‘qiladi

36 turdagi mahsulotlar uchun bojxona bojining nol stavkasi muddati uzaytirildi

Shavkat Mirziyoyev 27-dekabr kuni biznes uchun teng sharoit va adolatli raqobat muhitini ta’minlashga qaratilgan farmonni imzoladi.

36 turdagi mahsulotga nol stavka

Farmon prezidentning 20-dekabr kuni tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan yig‘ilishida muhokama qilingan chora-tadbirlarni belgilaydi. Unga ko‘ra, 2028-yilgacha QQS va foyda solig‘i stavkalari oshirilmaydi.

Bundan tashqari, 36 toifadagi oziq-ovqat va boshqa tovarlar uchun bojxona bojlarining nol stavkalari yana bir yil — 2026-yilgacha uzaytiriladi. Ular 2023-yilning mart oyida joriy etilgan.

Farmon bilan mahsulotlarning quyidagi toifalari nazarda tutilgan:

·      cho‘chqa go‘shti va boshqa go‘sht (parranda go‘shtidan tashqari), shuningdek cho‘chqa yog‘i va uy parranda yog‘i;

·      go‘sht konservalari va boshqa mahsulotlar;

·      konservalangan baliq va ikra;

·      kefir, yogurt, paxta, quyultirilgan sut (qo‘shimchalar bilan va ularsiz);

·      pishloqlar va tvorog;

·      qobiqsiz tuxumlar, tuxum sarig‘i;

·      piyoz, sarimsoqpiyoz, shalot piyoz va boshqa piyozli sabzavotlar;

·      salat latuk, sikoriy;

·      dukkaklilar;

·      sabzavot konservalari;

·      mevalar (xurmo, anjir, ananas, avokado, guava, mango va mangostin, olma, nok, behi) va yong‘oqlar;

·      un (bug‘doy va javdardan tashqari);

·      kartoshka granulalari;

·      boshoqli don;

·      non, non-bulka va makaron mahsulotlari;

·      kokos va palma mag‘zi yog‘i;

·      spageti, makaronlar, ugra, lazanya, ravioli kabi makaron mahsulotlari;

·      shokolad, qandolatchilik mahsulotlari, vaflilar;

·      murabbolar, marmeladlar, mevali jele, meva va yong‘oqli pyuresi (pasta);

·      konservalangan mevalar, yong‘oqlar va o‘simliklarning boshqa iste’mol qilinuvchi qismlari;

·      qahva, choy yoki paragvay choyi yoki mate, aragvay choyining ekstraktlari, essensiya va konsentratlari, tayyor mahsulotlar;

·      souslar va ziravorlar, xantal kukuni;

·      tayyor sho‘rvalar va bulonlar, ularni tayyorlashga yarim tayyor mahsulotlar;

·      butilkali suv va ichimliklar;

·      sochlar uchun vositalar;

·      dezodorantlar, soqol olish uchun vositalar, parfyumeriya;

·      bolalar kiyimi va ular uchun jihozlar;

·      patak uzunligi 24 smgacha bo‘lgan poyabzal.

2022-yilning may oyida prezident farmoni bilan 22 turdagi oziq-ovqat tovarlari bojxona bojidan ozod etilgandi.