$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Ayrim qishloq xo‘jaligi texnikalari bojxona boji va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi

boj

Joriy yilning 12-dekabr kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-431-son) qabul qilindi. Qaror qishloq xo‘jaligi texnikalaridan samarali foydalanishni ta’minlash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, resurslarni tejash hamda fermerlar va tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan.

2027-yilgacha ayrim texnikalar bojxona bojidan ozod qilinadi

2027-yil 1-yanvargacha quyidagilar bojxona bojidan va utilizasiya yigʻimidan ozod qilinadi:

-        belgilangan talablarga javob beradigan paxta terish kombaynlari, oʻziyurar ozuqa yigʻuvchi va bogʻdorchilik kombaynlari, koʻchat koʻmish va ochish texnikalari;

-        mahalliy ishlab chiqaruvchilar va dilerlik xizmati tomonidan xorijdan olib kelinadigan yangi paxta terish kombaynlari, oʻziyurar ozuqa yigʻuvchi va bogʻdorchilik kombaynlari, koʻchat koʻmish va ochish texnikalari.

GPS qurilmasi majburiyligi

2025-yil 1-martdan boshlab, GPS qurilmasi o‘rnatilmagan yangi traktor va kombaynlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.

Shuningdek, 2028-yil 1-yanvardan boshlab, paxta chigiti va bug‘doyni ekishda aniq donalab ekmaydigan seyalkalardan foydalanish taqiqlanadi. Bu talab hosildorlikni oshirish va resurslardan samarali foydalanishni ta’minlashga qaratilgan.

Ishsiz yoshlarni qishloq xo‘jaligi texnikalariga xizmat ko‘rsatishga o‘qitish uchun davlat ko‘magi

Qarorga koʻra, qishloq xoʻjaligi texnikalariga xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlarning buyurtmasi (talabi) boʻyicha aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari yoʻllanmasiga asosan ishsiz yoshlarni zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikalariga xizmat koʻrsatuvchi mutaxassis sifatida va ushbu texnikalarni boshqaruvchi operatorlikka (traktorchi-mashinist) oʻqitish va qayta tayyorlash xarajatlari Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan qoplab beriladi.

Agrotexnik xizmatlarga soliq imtiyozlari

2025-yildan 2028-yilgacha agrotexnik xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga:

  • Yer solig‘i va mol-mulk solig‘i stavkalari 50%ga kamaytiriladi.
  • Ushbu imtiyozlar lazerli yer tekislash, chilpish va defoliatsiya xizmatlariga ham taalluqli.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash

Qishloq xoʻjaligi texnikalari ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar tomonidan oʻz ehtiyoji uchun oʻrnatilgan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha xorijdan olib kelinadigan qishloq xoʻjaligi texnikalarining butlovchi va ehtiyot qismlari 2028-yil 1-yanvargacha bojxona bojidan ozod qilinadi.

Теги :
Jamiyat