Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 91 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +9° kechasi +8°

Buxorodagi bogʻcha tarbiyalanuvchilaridan birining otasi boshqa bir bolani urdi

Bolalar ombudsmani holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv davom etayotganini va bu borada qoʻshimcha ma'lumot berilishi aytdi.

1 daqiqa o‘qiladi

Buxorodagi bogʻcha tarbiyalanuvchilaridan birining otasi boshqa bir bolani urdi

Ijtimoiy tarmoqlarda bogʻchada bolaga jarohat yetkazilgani aytilayotgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Buxoro IIBga murojaat

Ma'lum boʻlishicha, 24-iyun kuni Buxoro viloyati Olot tumani tibbiyot birlashmasi navbatchi shifokori IIBga xabar berib, bogʻcha tarbiyalanuvchisi, 5 yoshli A.Yu. tan jarohati bilan olib kelinganini bildirgan.

5 yoshli bolani urgan zo‘ravon

Oʻtkazilayotgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, 24-iyun kuni mazkur bogʻchada boʻlgan A.Yu. 2019-yilda tugʻilgan boshqa bola A.S. bilan urishgan. Shundan soʻng A.S.ning otasi kelib A.Yu.ning yuziga urib, jarohat yetkazgan.

Holat bo‘yicha qo‘shishimcha ma'lumot

Qayd etilishicha, hozirda bolaga yetkazilgan jarohat darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

“Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda. Bu borada qoʻshimcha ma'lumot beriladi”, - deyiladi xabarda.