Tarixda ilk bor: O‘zbekiston BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashiga saylandi
Yashirin ovoz berish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi BMTga a’zo davlatlarning 185 nafar ovozini oldi.
1 daqiqa o‘qiladi

2024-yil 7-iyun kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York shahridagi bosh qarorgohida 2025–2027-yillar uchun BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi a’zolari saylovi bo‘lib o‘tdi.
185 ta ovoz
Yashirin ovoz berish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi BMTga a’zo davlatlarning 185 nafar ovozini oldi va o‘z tarixida birinchi marta Kengash a’zoligiga saylandi.
Kengash BMTning asosiy organi
Ma’lumot uchun, mazkur Kengash BMTning asosiy organi bo‘lib, tashkilotning iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatini muvofiqlashtirishga mas’uldir. Ushbu tuzilma Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimida barqaror rivojlanishning barcha uch yo‘nalishi — iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatdan rag‘batlantirish bo‘yicha asosiy o‘rinni egallaydi. U uch yillik muddatga saylanadigan 54 a’zodan iborat.



