Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 96 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +9° kechasi +8°

Guterrish O‘zbekistonga keladi

BMT bosh kotibi Markaziy Osiyo davlatlariga tashrifini yurtimizdan boshlashi kutilmoqda.

1 daqiqa o‘qiladi

Guterrish O‘zbekistonga keladi

BMT bosh kotibi Markaziy Osiyo davlatlariga tashrifini yurtimizdan boshlashi kutilmoqda.

7 yillik tanaffusdan keyin 

Bugun, 29-iyun kuni BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Markaziy Osiyo davlatlariga tashrif buyuradi. Portugaliyalik rahbar oxirgi marta mintaqaga 2017-yilda kelgan edi, yetti yillik tanaffusdan so‘ng u yana kelmoqda. Bu haqda uning matbuot kotibi Stefan Dyujarrik birfingda ma’lum qildi.

Tashrif maqsadi 

U O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmanistonga keladi hamda davlat rahbarlari bilan ko‘rishadi. Undan tashqari tashrifning maqsadlaridan biri, ekologiya va iqlim o‘zgarishi muammolari hisoblanmoqda. Guterrish ushbu muammo yuzasidan bir necha loyihalarni ko‘rib, mahalliy faollar bilan uchrashmoqchi.

Yo‘l xaritasi 

BMT rahbari safarini Toshkent shahridan boshlaydi. 4-iyul kuni esa Ostona shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti nutq so‘zlaydi. Guterrish nutqida BMT nizomi va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga asoslangan ko‘p tomonlama tamoyillarga sodiqligini yana bir bor tasdiqlash zarurligini aytib o‘tadi. Bosh kotib 7-iyul kuni Nyu-Yorkka jo‘nab ketadi.