Farg‘onaning “shoqollari” xalqdan uzr so‘radi
Farg‘ona viloyatida “Osmonda qora bulut, Farg‘ona xavfli hudud” — deya video olganlar IIBga chaqirildi.
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona viloyatida “Osmonda qora bulut, Farg‘ona xavfli hudud” — deya video olganlar IIBga chaqirildi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Ular zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi videolar olib kelgan
Unga ko‘ra, 1994-yilda Quva tumanida tug‘ilgan Farg‘ona shahr Shifokorlar ko‘chasida yashovchi erkak o‘zining Instagram sahifasida “Shoqollar” sarlavhasi ostida zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi shu kabi videolarni joylashtirgan.
Javobgarlikka sabab bo‘lgan “Osmonda qora bulut, Farg‘ona xavfli hudud” videosi
Videolarning birida “Osmonda qora bulut, Farg‘ona xavfli hudud”, degan jumla ishlatilgan. Holat yuzasidan ushbu shaxsga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 189-moddasi tartibida hujjatlar rasmiylashtirildi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Video mualliflari xalqdan uzr so‘radi
“Bilib-bilmasdan xato ish qilib qo‘ydik. Chin dilimizdan pushaymonmiz. Har bir gaplaringizni o‘ylab, fikrlab, maslahatlashib video olinglar, iltmos. Biz qilgan ishimizdan afsusdamiz. Ming bor uzr, kechiringlar, xato qildik”, — deydi u.
Bundan tashqari, u bilan videoda birga tushgan qiz va yigitlar ham ommadan uzr so‘radi va pushaymonligini bildirdi.



