Bloger Murod Maxsudovga hukm o‘qildi
U jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘taydi.
1 daqiqa o‘qiladi

Bloger tuhmat, tovlamachilik va oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilishda ayblanmoqda. https://t.me/toshkentshaharsudlari/10006
Bloger 7,5 yilga "kesildi"
Toshkent shahar sudlari matbuot xizmatiming xabar qilishicha, Toshkentda bloger Murod Maxsudovga nisbatan hukm o‘qildi.
Maxsudov Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “a”, “g” bandlari, 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi “b” bandi va 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) 2-qismi “b”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.
Murod Maxsudov 7,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi, u jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘taydi.
JKning 168-moddasi 1 va 2-qismlari boʻyicha aybsiz deb topildi
Qayd etilishicha, Jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tuman sudining 2024 yil 4 iyundagi hukmiga muvofiq bloger Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1 va 2-qismlari (o‘ta katta miqdordagi firibgarlik yoki bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etish) bo‘yicha aybsiz deb topilib, ushbu modda bo‘yicha reabilitatsiya qilingan.



