Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar uchun o‘zbek tilida maxsus ilova yaratildi
Bu ilova o‘zbek tilida Windows, Android, IOS va Linux tizimlarida ishlovchi nutq sintezatoridir.
1 daqiqa o‘qiladi

Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar uchun o‘zbek tilida maxsus ilova yaratildi
Bu ilova o‘zbek tilida Windows, Android, IOS va Linux tizimlarida ishlovchi nutq sintezatoridir.
Ko'zi ojizlarga imkoniyatlar
Nogironligi bo'lgan, xususan, ko'zi ojiz fuqarolarning aktivligini ta'minlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Ular nuqson tufayli qolganlardan ajralib qolmasliklari kerak. Bu uchun esa zamonaviy texnalogiyalar va imkoniyatlar ishga solinadi.
"Sevinch"
Bunday ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar uchun maxsus o‘zbek tilida "Sevinch" deb nomlangan nutq sintezator ilovasi yaratildi.
Bu ilova Windows, Android, IOS va Linux tizimlarida ishlay oladi. Bu bilan undan foydalanish yanada osonlashadi.
Keng qulayliklarga ega ushbu ilova ko‘zi ojiz, zaif ko‘ruvchi insonlarning ta’lim olishini yaxshilash, texnika imkoniyatlaridan foydalanib ularning axborot olish imkoniyatlarini kengaytirish, elektron hujjatlar bilan ishlashida yaqin ko‘makchi bo‘la olishi aytilmoqda.



