Payshanba, 22-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +21° kechasi +9°

“Qoraqalpog‘istonda biznes qiling” dasturini ishlab chiqish topshirig’i berildi

Bu dasturda kamida 10 mlrd. dollar investitsiya o’zlashtirish va 500 ming ish o’rni yaratish ko’zda tutilgan.

1 daqiqa o‘qiladi

“Qoraqalpog‘istonda biznes qiling” dasturini ishlab chiqish topshirig’i berildi

Ishlar natijasida Qoraqalpog’istonda kambag‘allik darajasini pasaytirish maqsad qilingan.

Tadbirkor va investorlar bir joyga yig‘ilmoqda

Qoraqalpog’istonga respublikamizning barcha hududlaridan 300 ga yaqin eng ko‘zga ko‘ringan tadbirkor va investorlar to‘planadi.

Bundan tashqari, xorijda biznesini yo‘lga qo‘ygan yana 40 dan ziyod vatandoshlarimiz kelib, Qoraqalpog‘iston sharoiti bilan tanishadi. Hududiy studiyalarda mingdan ortiq biznes vakillari ishtirok etadi.

“Qoraqalpog‘istonda biznes qiling” dasturi

Ushbu tadbirkorlar bilan aniq takliflar ishlab chiqish muhimligi qayd etildi. Mutasaddilarga boshqa hududlardan kelgan tadbirkorlar bilan ishlab, har bir tuman kesimida “Qoraqalpog‘istonda biznes qiling” dasturini ishlab chiqish topshirildi.

Bu dastur Qoraqalpog‘istonda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlarni rivojlantirish uchun yangi nafas, kamida 10 milliard dollarlik investitsiya va 500 ming ish o‘rni uchun katta zamin bo‘ladi.

Kambag‘allik darajasini pasaytirish

Qoraqalpog‘iston tumanlari hokimlari va iqtisodiy kompleks yil yakunigacha 121 ming aholini band qilishi muhimligi ta’kidlandi.

Buning uchun tadbirkorlarning kredit va aylanma mablag‘ bilan bog‘liq masalasini tez-tez hal qilish, mahallalar ixtisoslashuvidan kelib chiqib, 9 mingta mikro va kichik loyihani ishga tushirish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashga 636 milliard so‘m yo‘naltirish vazifalari belgilandi.

Shularni hisobiga yil yakunigacha Qoraqalpog‘istonda kambag‘allik darajasi hozirgi 13,6 foizdan 8,5 foizga tushishi hisob-kitob qilingan.