$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Katta qulashdan keyin Bitcoin kursi tarixiy rekord natijaga yaqinlashdi

Bitcoin

Bitcoin qiymati 30-oktabr Toshkent vaqti bilan soat 10:15 holatiga ko‘ra, 2 foizda oshib, 72,3 ming dollardan oshdi. Bu haqda CoinMarketCap onlayn platformasida ma’lum qilindi.

24 soatlik natija

O‘tgan 24 soat ichida bir bitcoin narxi tarixiy rekord natijaga yaqinlashib, eng yuqori nuqtada 73,5 ming dollarga yetdi. Ammo keyinchalik kriptovalyuta narxi pasayishni boshladi.

Bitcoinning tarixiy maksimal qiymati 2024-yil 14-martda qayd etilgan bo‘lib, uning qiymati $3,7 ming dollarga yetgan edi.

Uznex’da narxlar qanday?

Qayd etilishicha, oy boshidan beri kriptovalyuta narxi 12 foizga oshdi. Tahlilchilar bu tendensiyani AQShda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovi natijalari bo‘yicha prognozlar bilan bog‘lashmoqda. Bukmeykerlar bu saylovlarda sobiq davlat rahbari Donald Tramp g‘olib chiqishi mumkin deb hisoblashmoqda.

Bundan tashqari, O‘zbekistondagi Uznex kriptobirja taqdim etgan ma’lumotlarda, Bitcoin narxi 30-oktabr Toshkent vaqti bilan soat 09:27 holatiga ko‘ra, 73 ming dollardan oshdi.

Bitcoin ko‘tarilishiga real sabablar?

Bitcoin narxining ko‘tarilishiga bir qancha omillar sabab bo‘lmoqda. Bunga misol, BlackRock kabi yirik kompaniyalar tomonidan bitkoin ETF-lariga qiziqish ortib, katta miqdorda mablag‘ jalb qilinmoqda. Yaqinda AQShda bitkoin ETF-lariga 2,7 milliard dollar oqimi kuzatildi, bu esa bozorga yangi sarmoyadorlarni jalb qilmoqda va narxni ko‘tarishga yordam beradi.​

Shuningdek, inflyatsiyadan qochish istagi ham bozorga jiddiy ta’sir o‘tkazmoqda. AQSh dollari qiymatining pasayishi va inflyatsiyaning ortishi fonida ko‘plab sarmoyadorlar o‘z boyliklarini saqlash uchun bitkoin kabi cheklangan aktivlarga murojaat qilishmoqda. Bitcoin’ning cheklanganligi uni inflyatsiyaga qarshi yaxshi himoya vositasiga aylantiradi​. Shu bilan birga, so‘nggi kunlarda bitkoin fyucherslari va boshqa derivativlar bo‘yicha savdo hajmi oshib, narx o‘sishiga turtki berdi. Fyuchers savdosidagi yuqori faollik ko‘pincha narxga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki talab oshadi​

Bitcoin’ning umumiy miqdori faqat 21 millionga cheklangan va har to‘rt yilda bir marta ishlab chiqarilishi qisqartiriladi (bu jarayon “halving” deb ataladi). Bu ta’minotning kamayishi deflyatsion xususiyatlar yaratadi va narxni ko‘tarishga olib keladi​.

Bitcoin'ning qulashi

Avgust oyi boshlarida Bitcoin narxlari keskin pasayib ketgan edi. 2024-yil 5-avgust, dushanba kuni Toshkent shahri vaqti bilan soat 11:30 da "Coindesk" ma’lumotlariga ko‘ra, bitcoin kursi bir kunda 17,24 foizga tushgan va 50,2 ming dollarni tashkil qilgan.

Теги :
Jamiyat