Bozorda narx oshishiga sabab bo‘lganlar va asossiz orttirilgan 20 mlrd. so‘m daromad
Birja savdolariga qo‘yilishi va birja savdolarida narxlarni sun’iy oshishini oldini olish bo‘yicha nazorat kuzatuvlari olib borildi.
2 daqiqa o‘qiladi

Bozorda narx oshishiga sabab bo‘lganlar va asossiz orttirilgan 20 mlrd. so‘m daromad
Birja savdolariga qo‘yilishi va birja savdolarida narxlarni sun’iy oshishini oldini olish bo‘yicha nazorat kuzatuvlari olib borildi.
Tekshiruv o‘tkazilgan korxonalar
Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2024 yilning I yarim yilligi davomida yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolari orqali sotuvchi klasterlar tomonidan ushbu turdagi mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yilishi va birja savdolarida narxlarni sun’iy oshishini oldini olish bo‘yicha nazorat kuzatuvlari olib borildi.
Bunda Respublika bo‘ylab 50 ga yaqin korxonalar faoliyatida tekshirish ishlari olib borilgan.
Qonun buzilishi holatlari
Tekshirishlar jarayonida ko‘plab qonun buzilishi holatlariga duch kelingan. Jumladan:
Jadvallarda nazarda tutilgan muddatlarda birjaga mahsulotni qo‘ymaslik yoki uni kam hajmda yoxud muvofiq bo‘lmagan hajmda qo‘yish;
Jadvallarini belgilangan muddatda birjaning rasmiy veb-saytiga joylashtirmaslik;
Forvard shartnomasi bo‘yicha mahsulotni bir oydan kam bo‘lgan muddatda yuklab jo‘natish;
Shartnomalarga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotilish holatlari hamda birja savdolarini o‘tkazish chog‘ida raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar aniqlangan.
Ushbu omillar oziq-ovqat va trikotaj mahsulotlarining narxlariga bevosita yoki bilvosita ta’sir qilib, ularning iste’mol bozorlarida narxi oshishiga olib kelishi mumkin.
Asossiz olingan 20 milliard so‘m
O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida Respublika bo‘yicha umumiy hisobda jami 20 mlrd so‘mga yaqin asossiz olingan daromadlar aniqlangan.
mazkur holatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi "Raqobat to‘g‘risida"gi Qonuni talablari buzilishi alomatlari bilan, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 martdagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan barcha klasterlarga nisbatan tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilib javobgarliklar belgilash yuzasidan qaror va ko‘rsatmalar berilgan hamda bu boradagi tekshiruvlar davom ettirilmoqda.



