$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Andijon biokimyo zavodi xususiylashtirildi

biokimyo

Andijon biokimyo zavodi ustav kapitalidagi 96 foiz davlat aksiyalar paketi 101,3 mlrd. so‘mga Jasmine Gold Groupga sotildi.

101,3 mlrd. so‘mga sotilgan davlat ulushi

Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Andijon biokimyo zavodi ustav kapitalidagi 96 foiz davlat aksiyalar paketi 101,3 mlrd. so‘mga Jasmine Gold Group MChJga sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.

Ushbu jarayonga “Abrau Capital” kompaniyasi xususiylashtirish bo‘yicha konsultant sifatida jalb etildi.

Korxonani xususiylashtirish natijalari Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining tegishli qarori bilan ma'qullangan.

Andijon biokimyo zavodi

Ma'lumot o‘rnida, 2023-yilda Andijon biokimyo zavodi tomonidan 1 mln. dal spirt ishlab chiqarilgan bo‘lib, sof foydasi 10,1 mlrd. so‘mni, sof aktivlari 71,5 mlrd. so‘mni va jami majburiyatlari 17,3 mlrd. so‘mni tashkil qilgan.

Jasmine Gold Group

Jasmine Gold Group saytida yozilishicha, korxona artemiya (bo‘gʻimoyoqlilar turkumiga kiruvchi qisqichbaqasimonlar turi — tahr.) sistalarini Orol dengizi suvlarida yigʻib olish va qayta ishlash bilan faoliyat ko‘rsatadi.

Теги :
Jamiyat