Toshkentda o‘ndan ortiq yigitlar bir bolani majburlab olib ketmoqchi bo’ldi
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB ma'lumot berdi. Unga ko'ra, hech kim tan jarohati olmagan va pichoq bilan tahdid qilinmagan.
1 daqiqa o‘qiladi

Huquqbuzarlardan uch nafari ushlangan, qolganlarni ushlash choralari ko‘rilmoqda.
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkentda bir guruh yigitlar boshqa bir bolani majburan mashinaga solib ketmoqchi bo‘ldi” sarlavhasi ostida videolar tarqalgandi. Poytaxt IIBB holat yuzasidan ma’lumot berdi.
“Xalqlar do‘stligi” metrosi oldidagi janjal
24-iyun kuni taxminan soat 23:50 larda Chilonzor tumani “Xalqlar do‘stligi” metrosi oldida fuqarolar 2002-yilda tug‘ilgan A.U. va uning tanishlari — 2002-yilda tug‘ilgan X.O. va M.A., 2004-yilda tug‘ilgan S.T. va boshqalar o‘zaro kelishmovchilik sababli og‘zaki tortishib qolgan.
Pichoq bilan tahdid qilinmagan
Huquqbuzarlar A.U.ni o‘zlariga tegishli Matiz avtomashinasiga o‘tkazayotgan vaqtida IIO PPX xodimlari kelayotganini ko‘rib, ushbu fuqarolar qochib ketgan.
Qayd etilishicha, hech kim tan jarohati olmagan va pichoq bilan tahdid qilinmagan.
3 ta huquqbuzar ushlangan
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Huquqbuzarlardan uch nafari ushlangan, qolganlarni ushlash choralari ko‘rilmoqda.



