Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 88 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +10° kechasi +9°

3,9 mlrd. so‘mlik yonilg‘ini o‘zlashtirib yuborgan shaxs qo‘lga olindi

U tuzilgan shartnomaga asosan A-95 markadagi benzin yoqilg‘isini qabul qilib olib, tushgan mablag‘larni o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

1 daqiqa o‘qiladi

Tergovga qadar tekshiruv

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari amalga oshirildi.

O‘zlashtirilgan 3,9 mlrd so‘mlik yonilg‘i

Tekshiruvda ma’lum bo‘lishicha, "A.T." MCHJ rahbari D.Yu. (muqaddam sudlangan) "F." MCHJ bilan neft mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomaga asosan jami 3,9 mlrd so‘mlik A-95 markadagi benzin yoqilg‘isini qabul qilib olgan.

Ushbu mahsulotlarni sotuvidan tushgan mablag‘larni esa shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflar yuborib, o‘zganing juda ko‘p miqdordagi mulkini o‘zlashtirganligi aniqlangan.

Jinoyat ishi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.