$
 12940.44
-22.54
 13336.42
-41.38
 126.85
3.17
weather
+26
Кечаси   +14°

AI-92da keskin o‘sish, AI-80da esa ancha kam: O‘zbekiston yoqilg‘i bozorida nima gap?

Benzin

8-yanvar kuni tovar-xom ashyo birjasida (O‘zRTXB) barcha asosiy yoqilg‘i turlarining narxi oshdi, deb yozmoqda Spot nashri.

Eng sezilarli o‘sishi AI-92da

Narxning eng sezilarli o‘sishi AI-92 rusumli avtobenzinida bo‘lib, uning sotilgan hajmi 162 tonnani tashkil etdi. Savdo kuni yakuniga ko‘ra, bir tonna yoqilg‘i 12,736 mln so‘m — 4,2 foizga yoki bir kun oldingi savdo natijasiga nisbatan 518,9 ming so‘mga qimmatlashdi.

Narx oshishi nima bilan bog‘liq?

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, AI-92 narxining oshishi “O‘zbekneftgaz” tomonidan ishlab chiqarilgan benzin narxining oshishi bilan emas, balki qimmatroq import yoqilg‘isining sotilishi bilan bog‘liq.

“O‘zbekneftgaz” oktabr oyi oxirida yuqori oktanli benzin sotishni boshladi. Bu vaqt ichida yoqilg‘i 6,2 foizga, dekabr oyi boshida eng past narxga erishganidan beri esa 8,1 foizga qimmatlashdi.

AI-80 benzini narxining o‘sishi ancha kam

AI-80 benzini narxining o‘sishi ancha kam — 0,3 foiz bo‘ldi. Uning narxi bir tonnasi uchun 9,33 mln. so‘mga teng bo‘lib, bu noyabr oyida o‘rnatilgan yuqori chegaraga yaqin. Mazkur yoqilg‘ini sotish hajmi 2,2 ming tonnadan ortiqni tashkil etdi.

Dizel

Dizel yoqilg‘isi 1,7 foizga qimmatlashdi va tonnasi uchun 12,84 mln. so‘mga yetdi, sotuv hajmi esa 2,1 ming tonnadan sal kamroqni tashkil etdi. Oy boshidan buyon u 2,5 foizga qimmatlashgan.

Suyultirilgan gaz

Bir tonna suyultirilgan gaz narxi 6,27 mln. so‘m yoki o‘tgan kunga nisbatan 1,6 foizga qimmat bo‘ldi. Shu bilan birga, u oldingi davrlarga nisbatan sezilarli darajada kamaydi — o‘tgan haftada 1,1 foizga va dekabr oyi boshiga kelib 15,5 foizga.

Теги :
Jamiyat