$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Kelasi yildan benzin qimmatlaydi, ammo gaz arzonlashi mumkin

AI-80

2025-yilda O‘zbekistonda yoqilg‘i mahsulotlariga soliq stavkalari o‘zgaradi. Bu soliq va byudjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinishi munosabati bilan Soliq kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunda nazarda tutilgan.

Tabiiy gaz 12 foizga tushiriladi

Qonun doirasida qabul qilingan Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, 1 yanvardan boshlab tabiiy gazga aksiz solig‘i 20 foizdan 12 foizga tushiriladi.

Neft mahsulotlariga stavkalar 10 foizga oshiriladi

Biroq 2025-yil 1-apreldan benzin, dizel yoqilg‘isi va boshqa neft mahsulotlariga aksiz solig‘i stavkalari o‘rtacha 10 foizga oshiriladi. Bu bir yil ichida ikkinchi indeksatsiya bo‘ladi. Bundan oldin, 2024-yil aprel oyida aktsiz solig’i allaqachon 12 foizga oshirilgan edi.

Yakuniy iste’molchilar uchun benzinga aksiz solig’i ham oshiriladi, bu esa yoqilg’i narxiga ta’sir qiladi.

Теги :
Jamiyat