$
 12209.86
19.29
 14170.76
-132.44
 157.53
0.05
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda mobil tarmoqlarga sun’iy intellekt kirib kelishi imkoniyatlari o‘rganilmoqda.

Beeline

2026-yil 4-mart kuni Tokio, Toshkent va Barselonada Beeline Uzbekistan hamda Yaponiya kompaniyasi Rakuten Symphony o‘zaro anglashuv memorandumini (MoU) imzoladi. Hamkorlik MWC Barcelona 2026 doirasida e’lon qilindi.

SI va “aqlli” tarmoqlar davri

Tomonlar O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish uchun quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganadi:

  • Open RAN texnologiyalari
  • Sun’iy intellekt (AI) asosida tarmoqni boshqarish
  • Bulut (cloud) texnologiyalari
  • Yangi avlod raqamli platformalar
  • IoT va korporativ kommunikatsiya xizmatlari
  • eSIM va xalqaro rouming yechimlari

Shuningdek, Rakuten Mobile’ning SI asosidagi cloud-native tarmoq platformasi tajribasidan foydalanish ham rejalashtirilmoqda.

Beeline Uzbekistan

Unitel MChJ (“Beeline Uzbekistan” savdo belgisi ostida) 2006-yil sentyabrdan buyon raqamli operator sifatida faoliyat yuritadi. Kompaniya VEON Group tarkibiga kiradi hamda 2024, 2025 va 2026-yillarda Certified Top Employer maqomini olgan. Kompaniyada 2 000 dan ortiq xodim ishlaydi. Beeline Uzbekistan 7,7 million mobil abonent va oyiga 9 milliondan ortiq faol raqamli foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatadi (MAU, sentyabr 2025). Hamkorlik Beeline Uzbekistan’ning mamlakatdagi yetakchi aloqa operatorlaridan biri sifatidagi mavqei va O‘zbekistonning raqamli rivojlanishidagi rolini Rakuten Symphony’ning cloud-native networks (bulutga yo‘naltirilgan tarmoqlar) va ochiq avtomatlashtirilgan arxitekturalardagi tajribasi bilan birlashtiradi.

Rasmiylar e’tirofi

Rakuten Symphony prezidenti Sharad Sriwastawa:

“VEON bilan hamkorligimizni Beeline Uzbekistan’gacha kengaytirayotganimizdan mamnunmiz. Kompaniya O‘zbekistonning raqamli o‘sishini tarmoq va raqamli xizmatlarga sarmoya kiritish orqali qo‘llab-quvvatlamoqda.”

Beeline Uzbekistan bosh direktori Andrey Pyataxin:

“Ushbu hamkorlik milliy raqamli infratuzilmani ochiq, sun’iy intellektga tayyor dasturiy ta’minot va ulanish yechimlari orqali rivojlantirishga bo‘lgan sadoqatimizni namoyish etadi. O‘zbekiston Markaziy Osiyoda raqamli iqtisodiyot yetakchisiga aylanish yo‘lida dadil harakat qilmoqda. Biz esa bu maqsadni amalga oshirish uchun zarur infratuzilma va platformalarni barpo etishga sodiqmiz. Rakuten Symphony bilan hamkorlikda bulut-native tarmoq arxitekturalari va SI asosidagi avtomatlashtirish xizmatlarimizni tezlashtirib, mijozlarimizga yanada sifatli raqamli tajriba taqdim etish imkonini o‘rganamiz.”

VEON Group bosh direktori Kaan Terzioglu:

“Biz O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishini ta’minlaydigan raqamli infratuzilma va xizmatlarni rivojlantirishdan mamnunmiz hamda Rakuten bilan turli yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishni intiqlik bilan kutmoqdamiz. Avval Ukraina va Qozog‘istonda yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikdan so‘ng uni O‘zbekistonga kengaytirish VEON yondashuvining tez rivojlanayotgan bozorlar uchun ilg‘or texnologik hamkorliklarni samarali joriy etish qobiliyatini ko‘rsatadi.”

VEON va Rakuten hamkorligi

VEON va Rakuten o‘rtasidagi hamkorlik dastlab 2023-yilda yo‘lga qo‘yilgan edi. Kyivstar Group va Beeline Kazakhstan, VEON’ning boshqa kompaniyalari, allaqachon Open RAN va boshqa raqamli tashabbuslar sohasida imkoniyatlarni o‘rganish doirasida Rakuten bilan Ukrainada va Qozog‘istonda hamkorlik qilmoqda.

VEON haqida

VEON – deyarli 150 million aloqa foydalanuvchilari va 140 million raqamli foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatuvchi global raqamli operatordir. Dunyo aholisining 6 foizidan ortig‘i istiqomat qiladigan besh mamlakatda faoliyat yuritib, texnologiyalarga asoslangan xizmatlar orqali insonlar hayotini o‘zgartirish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishni maqsad qilgan. VEON NASDAQ fond birjasida ro‘yxatga olingan. Batafsil: https://www.veon.com

Rakuten haqida

Rakuten Group, Inc. (TSE: 4755) – shaxslar, hamjamiyatlar va biznes subyektlar imkoniyatlarini kengaytiruvchi global texnologik yetakchi. 1997-yilda Tokioda onlayn marketplace sifatida tashkil etilgan kompaniya bugungi kunda e-commerce, fintech, raqamli kontent va kommunikatsiya xizmatlarini dunyo bo‘ylab 2 milliard foydalanuvchiga taqdim etadi. Guruhda qariyb 30 000 xodim ishlaydi va 30 mamlakat hamda hududda faoliyat yuritadi. Batafsil: https://global.rakuten.com/corp/.

Rakuten Symphony ta’minot zanjiri standartlarini yangilab, tezkor innovatsiya va o‘sishga to‘sqinlik qilayotgan eskirgan yondashuvlarni o‘zgartirmoqda. Zamonaviy infratuzilma amaliyotlariga asoslangan ochiq interfeysli platformalar an’anaviy usullarga nisbatan ancha qisqa vaqt va kam xarajat bilan ilg‘or xizmatlarni ishga tushirish hamda boshqarish imkonini beradi, tarmoq sifati va xavfsizligidan voz kechmagan holda. Kompaniya Yaponiya, AQSh, Singapur, Hindiston, Janubiy Koreya, Yevropa hamda Yaqin Sharq va Afrika mintaqasida faoliyat yuritadi. Batafsil: https://symphony.rakuten.com