$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

2 million oylik olayotgan xodimlarga 675 ming so‘mlik chiptalar majburiy sotilmoqda

Archa

Vazirlar Mahkamasi bayoni bilan 2 mln. oylik olayotgan xodimlarga 675 ming so‘mlik chiptalar majburiy sotilmoqda, deb yozmoqda Burgut Telegram kanali.

Sabab – prezident qarori

Unga ko‘ra, Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish masalalari boʻyicha Respublika komissiyasining 207-son majlisi bo‘lib o‘tgan.

Majlis yakunda bolalarning dam olishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish, yangi yil bayrami kunlari va qishki ta’til davrida ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 18-noyabrdagi PQ-427-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qaror qabul qilgan.

“O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi (Rafikov), Toshkent viloyati hokimligi (Mirzayev), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (Umarova), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov)ning:

-        yangi yil bayrami va qishki ta’til kunlari bolalarning bo‘sh vaqtlarini (keyingi o‘rinlarda bayram tadbirlari) mazmunli o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risidagi axborotlari ma’lumot uchun qabul qilinsin,

-        bayram tadbirlarini 2024-yil 20-dekabrdan 2025-yilning 1-fevraliga qadar Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida “Saipro Group” MChJ tomonidan Finlyandiyaning “Honka” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Santa Klaus qishlog‘i” nomli ko‘ngilochar parkda teatrlashtirilgan tomoshalar tarzida tashkil etish va o‘tkazish haqidagi takliflariga rozilik berilsin,

-        “Santa Klaus qishlog‘i” nomli ko‘ngilochar parkda tashkil etiladigan teatrlashtirilgan tomoshalar “Saipro Group” MChJ bilan kelishilgan holda shartnoma asosida amalga oshirilishi haqidagi takliflari maqullansin”, – deb yozilgan bayonotda.

Chipta narxi – 675 ming so‘m

Burgutning yozishicha, Tizim va tashkilotlarga majburiy archa bayramga sotilayotgan chipta narxi – 675 ming so‘m. Kanalga esa tashkilotning buxgalteri murojaat qilgan.

“Men bir tashkilotda buxgalterman. Xodimlar oyligidan ushlash bo‘yicha topshiriq oldim, xodimlarning oyligi esa bor yo‘g‘i 2 yoki 3 million… Iltimos shu masalani yoritib bering”, – deb yozgan obunachi.

Теги :
Jamiyat