Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 96 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +9° kechasi +8°

Inson necha yoshida o’zini eng baxtsiz his qilishi mumkin?

Dartmut kolleji professorlari tadqiqot o’tkazishdi.

2 daqiqa o‘qiladi

Inson necha yoshida o’zini eng baxtsiz his qilishi mumkin?

Dartmut kolleji professorlari tadqiqot o’tkazishdi.

O’rta yosh inqirozi quruq gap emas!

Tadqiqotda Dartmut kolleji (AQSh) iqtisodiyot bo’yicha professori Devid Blanchflauer 132 mamlakatadan to’plangan ma’lumotlarni tahlil qilib, shunday xulosaga keldi. O’rta yosh inqirozi – quruq gap emas. 

Rivojlangan mamlakatlarda shakllangan tendensiyaga ko‘ra, odamlar 47 yosh va 2 oyni qoralagan paytlarida o‘zlarini eng baxtsiz his etishadi. Biroq 48 yosh va 2 oyga to‘lgandan boshlab, buning aksi boshlanadi.

Umrni sarhisob qilish o’rta yoshlardan boshlanadi

Professorning ta’kidlashicha, insonning umri davomidagi hissiy farovonligini U shaklida ifodalash mumkin. Shu taqasimon chiziq yosh o‘tishi bilan yuz beradigan baxt darajasi o‘zgarishlarini ko‘rsatadi, baxtni his etishning eng quyi nuqtasi taxminan 47-48 yoshlarga to‘g‘ri keladi.

«Bu keksalik eshik qoqayotganini his etish bilan ham bog‘liq. Odam shu yoshdan o‘tgan umrini sarhisob qilishni boshlaydi. Ko‘p narsalardan hafsalasi pir bo‘lishi mumkin. Ishidan, ayni paytda moliyaviy holatidan qoniqmaslik unga tinchlik bermaydi. Qolaversa, 40 yoshlarga kelib erkaklarda testosteron, ayollarda esa estrogen darajasi pasayishi yanada yaqqol sezilishni boshlaydi», — tushuntiradi Blanchflauer.

O‘z hayotidan qoniqmaslik odamning yashash joyi yoki salomatligiga bog‘liq emas. Biroq tushkunlikka tushish kerakmas, vaqt o‘tishi bilan baxtni his etish tiklanadi, deya maslahat bermoqda mutaxassis.

«Baxt chizig‘i» (U)ning yuqori cho‘qqilari — inson o‘zini eng baxtli deb biladigan davrlar 20 yosh va 70 yoshlarda kuzatiladi. Ya’ni o‘rta yosh inqirozi (47-48 yosh)dan so‘ng yaxshi davrlar boshlandi. Chunki yillar odamning aqliga aql qo‘shadi», — deydi Blanchflauer.

Inqirozdan so’ng oilaga va do’stlarga mehr oshishi kuzatilmoqda

Ma’lumotlarga qaraganda, o‘rta yosh inqirozidan o‘tib olgan odamlarning moddiy boyliklar, xizmat pillapoyalaridan ko‘tarilishga qiziqishlari kamayib, ko‘proq oilasi va do‘stlarini qadrlashni boshlashadi. O‘z hobbilari, dam olishga e’tibor qaratishga o‘tishadi.

Shuningdek, Blanchflauer hayotdagi inqirozdan tezroq chiqib olish uchun sog‘lom uyqu, faol harakat va me’yorda ovqatlanishga rioya qilishni tavsiya qilgan.