Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 96 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +14° kechasi +9°

Ijtimoiy so‘rovnoma: Nega odamlar baxtsiz?

Twitter auditoriyasida "Nega ko'p odamlar baxtsiz?" ijtimoiy so'rovnomasi o'tkazildi.

2 daqiqa o‘qiladi

Ijtimoiy so‘rovnoma: Nega odamlar baxtsiz?

Ijtimoiy so‘rovnoma: Nega odamlar baxtsiz?

Twitter auditoriyasida "Nega ko'p odamlar baxtsiz?" ijtimoiy so'rovnomasi o'tkazildi.

Pichoqqa ilinadigan javoblar

O'tkazilgan ijtimoiy so'rovnomada juda juda ham ko'p odamlar baxtsizlik sababi haqida fikrlar bildirishdi. Ularning orasidan esa eng yaxshi 5 tasi tanlab olindi.

Ijtimoiy media

Ijtimoiy media - Ijtimoiy tarmoqlar baxtsizlik uchun katta sababdir. Ijtimoiy tarmoqlar boshqa odamlarning hayotidagi yorqin voqealarni nishonlash joyidir. Biz insonlar esa o'zimizni solishtirishga juda ham o'rganib qolganmiz. Ijtimoiy tarmoqlardagi bu kabi kontentlarni ko'p vaqt kuzatish esa maishiylikni keltirib chiqaradi. Siz o'zingizda bo'lganlari emas, boshqalarga ko'p e'tibor berishni boshlaysiz. Bu esa tabiiy ravishda o'zingizni baxtsiz hisoblashga olib keladi.

Kutish kasalligi

Kutishlar - so'rovnomadagi o'zini baxtsiz deb hisoblovchilarning katta qismi boshqalardan ko'p umid qiladigan va nimanidir kutadiganlar ekan.  Ularning umidlari oqlanmasa yoki ularni juda ham uzoq kuttirishsa odamlar qayg'uga tushib qolishadi. 

Ma'no va g'oya

So'rovnomada ishtirok etganlarning katta qismi hayotda ma'nosizlikdan qiynalishlarini aytishgan. Ma'nosizlik esa yo'nalishsiz yoki oxiri yo'q yo'lda bekorga chopishdek tuyilishi aniq. Nega bu javob birinchi beshlikka kirganligi ham ajablanarli emas!

Qadriyatlarga sodiq yashamaslik 

 Baxtsiz odamlar o'z qadriyatlariga mos ravishda yashamaydilar. Odamlar "qadriyatlar" so'zini modada o'zgarganidek almashtiradigan bo'lib qolishgan. Lekin ularga o'z hayotini boshqarish uchun boshqa aniq axloqiy kompas berilmagan. Buni tushunmasdan harakat qilish esa aniq baxtsizlikka yetaklaydi

Aqliy vaqt sayohati

Aqliy vaqt sayohati yo'qligi odamlarning baxtsiz bo'lishining beshinchi sababi edi. Odamlar o'tmish yoki kelajakka yopishib olishib hozirgi kunni unutishadi. Mavjudlikning yo'qligi norozilik kayfiyatiga olib keladi. Oxir oqibat ong o'zini baxtsiz deb baholaydi.

Bu so'rovnomadagi berilgan javoblar va xulosalar shu ko'rsatadi-ki, odamlar doim qilgan harakatlari va o'zlari tanlagan hayot yo'li natijasida baxtli yoki baxtsiz bo'ladilar. Shunda ham oxirgi masala inson o'zini qanday holatda deb hisoblashida qoladi.