So‘nggi 6 oyda ishdagi baxtsiz hodisalarda halok bo‘lganlar soni ochiqlandi
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi O‘zbekistondagi mehnat faoliyati bilan bog‘liq statistikalarni ma'lum qildi.
2 daqiqa o‘qiladi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi O‘zbekistondagi mehnat faoliyati bilan bog‘liq statistikalarni ochiqladi.
16 ta holatda majburiy mehnat aniqlangan
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 6 oyi davomida 16 ta holatda majburiy mehnat aniqlanib, 135 nafar fuqaroning mehnat huquqlari tiklandi. Shuningdek, o‘tgan davr mobaynida vazirlikning komplayens nazorat xizmati tomonidan tizimda 134 ta korrupsiyaviy xavf-xatar aniqlangan.
31 mlrd. so‘mdan ortiq ish haqlari undirib berilgan
Shuningdek, shu yilning o‘tgan davrida 254 nafar noqonuniy ishdan bo‘shatilgan xodim ishga tiklangan. Hisobot davrida 7 ming 349 nafar fuqaroning 31 mlrd. so‘mdan ortiq ish haqlari undirib berilgan.
101 nafar ishchi ich vaqtidagi baxtsiz hodisalar oqibatida halok bo‘lgan
Bundan tashqari, respublika bo‘yicha 2024 yilning 6 oyi davomida 387 ta sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida 416 nafar xodim jabrlangan, 303 nafari og‘ir va 12 nafari yengil tan jarohati olgan, 101 nafari afsuski, hayotdan ko‘z yumgan.
Ta’kidlanishicha, baxtsiz hodisalarning eng katta qismi, 26 foizi qurilish sohasiga to‘g‘ri kelgan.
Tovon pullari undirish masalasi
Baxtsiz hodisalar tufayli xodimlar yoki ularning oila a’zolariga 823 mln. so‘mdan ortiq tovon pullarini undirish yuzasidan sudlarga da’vo arizalar kiritilib, shundan 10 nafar fuqaroga 274 mln. so‘m undirib berildi va qolganlari bo‘yicha jarayon davom etmoqda.



