$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

130 mingdan ortiq tadbirkorlik subyekti o‘z reytingini oshirdi

barqarorlik

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berishicha, olib borilayotgan ishlar natijasida iyul oyining o‘tgan davrida 130,6 ming tadbirkorlik subyekti oʻz reytingini oshirdi.

625 ta tadbirkorlik subyekti eng yuqori ball oldi

Reyting toifalari boʻyicha tadbirkorlar 24.07.2024-yil holatiga:

AAA – 625 ta;

AA – 1 862 ta;

A – 2 900 ta;

BBB – 15 195 ta;

BB – 35 457 ta;

B – 58 551 ta;

CCC – 38 043 ta;

CC – 144 369 ta;

C – 109 641 tani tashkil etmoqda.

Oʻz navbatida, 130 596 ta tadbirkor barqarorlik reytingining eng quyi – D toifasidan boshqa toifalarga o‘tgan. Shundan 12,4 mingtasi iyul oyiga to‘g‘ri keladi. 

O‘sish hududlar kesimida

Reytingi koʻtarilgan tadbirkorlar sonining eng yaxshi oʻsish sur’atlari quyidagi hududlarda qayd etildi:

Toshkent shahrida – 16 420 ta;

Fargʻona viloyatida – 11 754 ta;

Samarqand viloyatida – 11 051 ta.

236 ta tadbirkorlik subyektiga 400,1 mlrd. soʻm mablagʻlar qaytarilgan

Joriy yil 24-iyul holatiga AAA toifadagi 236 ta tadbirkorlik subyektiga 421 ta ariza bo‘yicha ortiqcha QQS toʻlovidan 400,1 mlrd. soʻm mablagʻlar bir kun muddatda qoʻshimcha tekshiruvlarsiz qaytarilgan. Shundan, 83,8 mlrd. so‘mi iyul oyining o‘tgan davrida 116 ta ariza bo‘yicha 102 ta tadbirkorlik subyektiga qoplab berilgan.

Xo‘sh reytingda yuqori ballga ega bo‘lish uchun nima qilish kerak?

Reyting baholash mezonlari 23 ta va ular 3 ta guruhga bo‘lingan.

Birinchisi – hamma uchun bir xil bo‘lgan umumiy 10 ta mezon ko‘zda tutilgan.

Mazkur mezonlar orqali tadbirkor 100 ball olish imkoniyati mavjud.

Ikkinchisi – kamaytiruvchi 9 ta mezon. Bu mezonlar qonunchilik talablari buzilgan holatlar yoki hisobotlarga qayta-qayta tuzatish kiritib taqdim etgan holatlar, bir hududdan boshqa hududga ko‘chish yil davomida ko‘payib ketsa ishlaydi.

Uchinchisi – rag‘batlantiruvchi 4 ta mezon.

Ijtimoiy reyestr, ayollar daftariga kirgan fuqarolarni ishga olgan va ular umumiy xodimlarining 10 foizidan ko‘proqni tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlariga 5 balldan 10 ballgacha qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi ball beriladi.

Ball olish kafolati

Tadbirkorlik subyektlarini baholashda faoliyatni uzoq davom ettirish, soliq hisobotlarini belgilangan muddatda taqdim etish, soliqlarni o‘z vaqtida ixtiyoriy to‘lash kabi holatlar asosiy rol o‘ynaydi.

Shuning uchun soliq majburiyatlarini vaqtida va ixtiyoriy bajarish reytingda yuqori ball olishni kafolatlaydi.

Yuqori reytingga ega tadbirkorlar rag‘batlantiriladi

O‘zbekistonda 2024-yil 1-fevraldan tadbirkorlar reytingi joriy etilgan edi.

Unga ko‘ra, yuqori reytingga ega tadbirkorlar rag‘batlantiriladi. Bunda reytingi past korxonalarga nisbatan jazo choralari qo‘llash nazarda tutilmagan.

Agar tadbirkor “AAA” toifadagi reytingga ega bo‘lsa:

-        soliq organlari tomonidan tekshirishlar o‘tkazilmaydi;

-        QQSdan hosil bo‘lgan soliq summasi bir kunda qaytariladi (amaldagi muddat 7 kundan 30 kungacha);

-        QQSdan boshqa soliq turlari bo‘yicha hosil bo‘lgan ortiqcha soliqlar summalarini 3 kunda qaytarib berish (amalda 10 kundan 15 kungacha) yuzasidan qo‘shimcha preferensiyalar beriladi.

Reytingning maqsadi

Yana bir rag‘batlantirish – soliq va bojxona organlarida tovarlarni import qilish vaqtida to‘langan soliqlarni hisobga olish tizimi joriy qilinadi.

Reytingning asosiy maqsadi – tadbirkorlarni ixtiyoriy ravishda qonunchilikda belgilangan me’yorlar bo‘yicha majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarishiga undashdir.

Теги :
Jamiyat