$
 12895.55
15.2
 14338.56
-196.91
 159.38
2.7
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Ronaldinyo, Neymar, Messi: “Barselona”ning XXI asrdagi eng yaxshi futbolchilari

Barca

Goal nashri “Barselona”ning XXI asrdagi eng yaxshi futbolchilari reytingini tuzib chiqdi.

Neymar top jr barcelona

10. Neymar da Silva Santosh Junior — braziliyalik futbolchi, hujumchi. U 1992-yil 5-fevralda Braziliyada, Santosh shahrida tug‘ilgan. Neymar 2013-yilda Ispaniyaning "Barselona" klubiga o‘tadi va bu jamoa bilan uning karerasi yangi bosqichga ko‘tariladi. Neymar klub bilan La Liga (2 marta), Chempionlar Ligasi (1 marta), Kubok del Rey (3 marta) hamda Superkubokni (2 marta) qo‘lga kiritgan.

Gerard Piqué

9. Jerar Pike — ispan futbolining mashhur himoyachisi va "Barselona" klubining afsonalaridan biri. U 1987-yil 2-fevralda, Ispaniyaning Barselona shahrida tug‘ilgan. Pike faoliyatini "Barselona"ning yoshlar akademiyasi — "La Masiya"da boshlaydi. Ammo uning yoshlik karerasining asosiy va hal qiluvchi davri "Manchester Yunayted" klubida o‘tadi. Pike "Barselona"ga qaytishdan avval bir necha yil Britaniyada o‘ynagan. Pike 2008-yilda "Barselona"ga qaytganidan so‘ng, klubning markaziy himoyachisi sifatida harakatlanadi. Futbolchi klub bilan La Liga (8 marta), Chempionlar Ligasi (4 marta), Kubok del Rey (7 marta), Superkubok kabi (3 marta) sovrinlarni qo‘lga kiritgan. 

Dani Alves posts emotional message after sealing Barcelona return - Barca  Blaugranes

8. Dani Alves — braziliyalik professional futbolchi. U 1983-yil 6-mayda, Braziliyada, Baiya provinsiyasining Jaguarina mahallasida tug‘ilgan. Dani Alves o‘zining yoshlik davrini "Baiya" klubida o‘tkazgan va 2001-yilda birinchi professional kontraktni imzolagan. Alves 2008-yilda Ispaniyaning "Barselona" klubiga o‘tadi, va buning natijasida u dunyo futbolining eng katta va mashhur klublaridan birida o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘ladi. U kataloniyaliklar safida La Liga (6 marta), Chempionlar Ligasi (3 marta), Kubok del Rey (4 marta) va Superkubok (3 marta) sohibiga aylanadi.

Carles Puyol | Laureus

7. Karles Puyol — ispan futbolining unutilmas markaziy himoyachilaridan biri va "Barselona"ning o‘tmishdagi sobiq sardori. U 1978-yil 13-aprelda, Ispaniyaning La Puebla de Segura shahrida tug‘ilgan. Puyol "Barselona"ning yoshlar akademiyasi — "La Masiya"da o‘sgan va u yerda mahoratini oshirgan. Futbolchi 1999-yilda "Barselona"ning asosiy jamoasiga qo‘shiladi. Puyol "Barselona"da o‘zining butun karerasini o‘tkazadi. U 1999-yildan 2014-yilga qadar klubning markaziy himoyachisi bo‘lib, jamoaning muhim shaxslaridan biriga aylanadi. Uning yordami bilan "Barselona" La Ligada 6 marta chempion bo‘lgan, 3 marta Chempionlar Ligasini qo‘lga kiritgan va ko‘plab milliy sovrinlarga erishgan.

Серхио Бускетс обнаглел – легенда «Барселоны» совершенно неадекватно  реагирует на критику - Чемпионат

6. Serxio Buskets — ispaniyalik futbolchi, jahon futbolidagi eng yaxshi tayanch himoyachilaridan biri. U 1988-yil 16-iyulda, Ispaniyaning Sabadel shahrida tug‘ilgan. Buskets "Barselona" klubidagi yoshlar akademiyasi — "La Masiya"dan chiqqan. U 2005-yilda "Barselona B" jamoasida o‘ynab, 2008-yilda klubning asosiy jamoasiga qo‘shiladi. U klub bilan La Ligada 8 marta, Chempionlar Ligasida 4 marta va ko‘plab milliy chempionatlarda sovrinlarni qo‘lga kiritadi.

Ronaldinho to become new Barcelona club ambassador | Football News | Sky  Sports

5. Ronaldinyo (to‘liq ismi: Ronaldo de Assis Moreyra) — Brazilya olmosi. Zamonaviy futbolning eng texnik va mahorati yuqori o‘yinchilaridan biri. U 1980-yil 21-martda, Braziliyada, Porto-Alegri shahrida tug‘ilgan. U "Gremio" klubida o‘ynagan va yoshlar terma jamoasida o‘zini yaxshi ko'rsata olgan. 1999-yilda u Yevropaga ko‘chib, Fransiyaning "Pari Sen-Germen" klubiga qo‘shiladi, ammo haqiqiy yuksalishni u "Barselona"da boshlaydi. Ronaldinyo 2003-yilda "Barselona"ga qo‘shiladi. U klubdagi faoliyati o'laroq 2005-yilda Oltin to‘p sovrinini oladi.

Luis Suarez succeeds in suppressing his impulses at Barcelona – The Denver  Post

4. Luis Suares — urugvaylik professional futbolchi, zamonaviy futbolning eng yaxshi markaziy forvardlaridan biri. U 1987-yil 24-yanvarda, Urugvayning Salto shahrida tug‘ilgan. 2014-yilda Suares "Barselona"ga ko‘chib,faoliyatidagi yanada katta ijobiy natijalarga erishadi. "Barselona"dagi davrida u "Barsa" bilan birga La Liga, Chempionlar Ligasi va Kubok del Rey sovrinlarini qo‘lga kiritadi.

Andres Iniesta sets retirement date as Barcelona icon to hang up boots for  good | Football | Sport | Express.co.uk

3. Andres Iniesta — ispaniyalik futbolchi. U 1984-yil 11-mayda, Ispaniyaning Fuenlabrada shahrida tug‘ilgan. Iniesta "Barselona"ning yoshlar akademiyasi — "La Masiya"dan o‘sgan. U 2002-yilda klubning asosiy jamoasiga qo‘shiladi va tez orada jamoaning ajralmas a’zosiga aylanadi. Iniesta "Barselona" klubida o‘ynab, 9 marta La Liga chempionligini, 4 marta Chempionlar Ligasi sovrinini va ko‘plab milliy va xalqaro musobaqalarda g‘alaba qozonadi.

FC Barcelona Legend: 'Nobody Understands Club Better Than Xavi'

2. Xavi Ernandes — ispaniyalik professional futbolchi va murabbiy. U 1980-yil 25-yanvarda, Ispaniyaning Tarassa shahrida tug‘ilgan. Xavi o‘zining deyarli barcha karerasini "Barselona" klubi bilan bog‘ladi va klubning tarixidagi eng yoqimtoy va muhim futbolchilardan biriga aylandi. Xavi "Barselona"ning yoshlar akademiyasida, "La Masiya"da o‘sgan. U 1998-yilda "Barselona"ning asosiy jamoasiga qo‘shiladi va 2000-2010-yillar orasida klubning asosiy o‘yinchisiga aylanadi.

Lionel Messi's return to Barcelona is ON after La Liga accept financial  viability plan - but Catalan club still need to sell players | Goal.com

1. Lionel Messi — argentinalik professional futbolchi. U 1987-yil 24-iyun kuni Argentinada, Rosario shahrida tug‘ilgan. Messi "Barselona"da katta futbol yulduziga aylandi. U 2003-yilda klubning asosiy jamoasiga qo‘shiladi va 2021-yilga qadar klubda o‘ynaydi. Qolganini o'zingiz yaxshi bilasiz...

Ikkinchi eshelon

Jadvalning keyingi pog‘onalaridan quyidagi futbolchilar o‘rin egallagan:

  • 11. Samuel Eto′O
  • 12. Rivaldo
  • 13. Jordi Alba
  • 14. Xaviyer Maskerano
  • 15. Pedro
  • 16. Mark-Andre ter Stegen
  • 17. Luis Enrike
  • 18. Deku
  • 19. Viktor Valdes
  • 20. Pedri
Теги :
Jamiyat