Yolg‘ondan bankrot bo‘lgan tashkilot
MCHJ iste’molchilarni 1,9 mlrd. so‘mga chuv tushirmoqchi bo‘ldi.
1 daqiqa o‘qiladi

Yolg‘ondan bankrot bo‘lgan tashkilot
MCHJ iste’molchilarni 1,9 mlrd. so‘mga chuv tushirmoqchi bo‘ldi.
Aldangan kreditorlar
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv ishlari amalga oshirildi.
Aniqlanishicha, "S.T." MCHJ mas’ul shaxslari umumiy bahosi 1,9 mlrd so‘mlik avtotransport vositalarini MCHJ balansidan chiqarib, korxonani to‘lovga qobiliyatsizligini qasddan yuzaga keltirishib, kreditorning manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazganliklari aniqlandi.
Soliqlardan qochish holati
Shuningdek ular yer qaridan qazib olingan foydali qazilmalar hajmini soliq hisobotlarida kamaytirib ko‘rsatib, 256 mln so‘m soliqlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlaganliklari aniqlangan.
Jinoyat ishi
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



