$
 12820.47
5.69
 13470.47
27.77
 122.26
-1.24
weather
+26
Кечаси   +14°

“Orient Finans” bank jarimaga tortildi

Orient Finans

Raqobat qo‘mitasiga "Orient finans" Termiz filiali tomonidan Surxondaryo viloyati Termiz shahrida o‘rnatilgan tashqi reklama vositalarini qonuniyligi yuzasidan murojaat kelib tushgan.

Holatni o‘rganish ishlari

Murojaatni o‘rganish jarayonida "Orient Finans" Termiz filiali tomonidan Termiz shahri Hakim At-Termiziy ko‘chasidagi bank ofisi oldida o‘rnatilgan tashqi reklama vositalarining o‘rnatish huquqini beruvchi hujjatlari, ya’ni pasport, guvohnoma, ruxsatnoma va huquqni belgilovchi boshqa hujjatlar mavjud emasligi hamda reklama axborotini tarqatish bo‘yicha mahalliy hokimliklar bilan belgilangan tartibda shartnomalar imzolanmasdan kelinganligi aniqlandi.

Moliyaviy jarima

O‘zbekiston Respublikasining "Reklama to‘g‘risida"gi qonuni 24-25-moddalari hamda Vazirlar Mahkamasining "Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida"gi 104-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari yuzasidan "Orient Finans" Termiz filialiga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, natijasi bo‘yicha moliyaviy jarima qo‘llanildi.

Теги :
Iqtisodiyot