$
 12705.79
59.23
 14704.41
243.07
 159.20
-1.68
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Osiyo taraqqiyot banki O’zbekistonga 100 mln kredit ajratdi

positive

Osiyo taraqqiyot banki O’zbekistonga 100 mln kredit ajratdi

Ushbu mablag’ yurtimizda perinatal xizmatni yaxshilashga sarflanadi.

230 ta perinatal markaz modernizatsiya qilinadi

Osiyo taraqqiyot banki matbuot xizmatining xabar berishicha, bank O‘zbekiston hukumatiga homilador ayollar va ularning yangi tug‘ilgan chaqaloqlari uchun perinatal sog‘liqni saqlash xizmatlarini yaxshilashga yordam berish uchun 100 million AQSH dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi.

Ma’lum qilinishicha, integratsiyalashgan perinatal yordam loyihasi hukumatga butun mamlakat bo‘ylab qariyb 230 perinatal markazni modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy energiya tejovchi tibbiy asbob-uskunalar, yangilangan klinik standartlar va protokollar, tibbiyot xodimlarining salohiyati va sifatini oshirishga yordam beradi.

Ushbu loyiha perinatal yo‘llanma tizimini takomillashtiradi. Tez yordam guruhlarini kuchaytirish hamda sog‘liq uchun xavflarni erta aniqlash, homiladorlik monitoringi uchun bemorlarning elektron qaydlarini joriy etish orqali tegishli va o‘z vaqtida hayotni saqlab qoluvchi yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Akusher va hamshiralar sifatli ta’lim oladi

Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Kanokpan Lao-Arayaning ta’kidlashicha, bankning ko‘magi hukumatga maqsadli xabardorlikni oshirish va xulq-atvorni o‘zgartirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishga, shuningdek, homilador ayollar va onalarni tibbiy xizmatlarga murojaat qilishga undash uchun akusherlar va hamshiralarni o‘qitishga yordam beradi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 1995-yilda OTBga a’zo bo‘lgan. O‘tgan davr mobaynida mazkur bank mamlakatimizga 12,5 milliard AQSH dollari miqdorida qarzlar, grantlar ajratgan hamda texnik yordamlar ko‘rsatgan.

Теги :
Jamiyat