$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Yanvar oyida bank nazorati qo‘mitasi 40 dan ortiq masalani ko‘rib chiqdi

bank nazorati

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan yanvar oyida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda turli sohalarga oid muhim qarorlar qabul qilindi. Ro‘yxatga olish va ruxsat berish bo‘yicha 36 ta masala ko‘rib chiqilib, 8 ta moliyaviy tahlil va nazorat bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Ayrim kredit tashkilotlariga nisbatan chora va sanksiyalar belgilandi. 

Ro‘yxatga olish va ruxsat berish bo‘yicha qarorlar

Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida jami 36 ta masala ko‘rib chiqildi. Ushbu masalalar orasida kredit tashkilotlari ustaviga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha 7 ta, yangi mikromoliya tashkilotlarini hisobga olish bo‘yicha 11 ta, kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushini sotib olishga ruxsat berish bo‘yicha 2 ta, bank auditorlariga sertifikat berish bo‘yicha 1 ta hamda tijorat banklari kuzatuv kengashi, boshqaruvi va muhim lavozimlarga nomzodlarni tasdiqlash bo‘yicha 14 ta masala muhokama qilindi. Shuningdek, “START KAPITAL INVEST” kredit uyushmasining tugatilishi munosabati bilan ushbu tashkilot KREDIT uyushmalarining davlat reyestridan chiqarildi.

Moliyaviy holat va qonun talablarining bajarilishi bo‘yicha muhokamalar

Yanvar oyida Bank nazorati qo‘mitasi kredit tashkilotlarining moliyaviy holati bilan bog‘liq 8 ta masalani ko‘rib chiqdi. Muhokamalar asosan Markaziy bank ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlarga rioya qilinishini tahlil qilish, tijorat banklari, mikromoliya tashkilotlari hamda to‘lov tashkilotlarida o‘tkazilgan tekshiruv natijalarini baholashga qaratildi. Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yuzasidan qonun talablariga amal qilinishi ham muhokama markazida bo‘ldi.

Aniqlangan kamchiliklar va qo‘llanilgan choralar

Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida ayrim qoidabuzarliklar aniqlandi. Xususan, Markaziy bank ko‘rsatmalariga va qonun talablariga rioya qilmagan 1 ta to‘lov tizimi operatoriga ogohlantirish berildi. Bundan tashqari, inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan qoidabuzarliklar asosida 10 ta bankka jarima sanksiyalari qo‘llanildi. Ushbu choralar amaldagi qonunchilik talablari asosida belgilandi.

Теги :
Jamiyat