$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Yakunlanayotgan yilda umumiy bitiruvchilarning yarmidan ziyodrog‘i ish bilan ta’minlandi

ish

O‘zbekistonda yoshlar bandligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan 2024-yil dekabr holatiga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalari va professional ta’lim bitiruvchilarining yarmidan ko‘prog‘i ish bilan ta’minlangan. Ushbu ko‘rsatkichlar yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, bo‘sh ish o‘rinlarini aniqlash va samarali monitoring tizimi natijasidir.

Oliy va professional ta’lim bitiruvchilarining bandligi

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning dekabr oyida:

 • 194 417 nafar oliy ta’lim bitiruvchisidan 113 856 nafari (58,6%) ish bilan ta’minlandi.

 • 147 900 nafar professional ta’lim bitiruvchisining 74 403 nafari (50,3%) bandligi ta’minlandi.

 • Maktab bitiruvchilaridan 228 422 nafari ishga joylashtirilgan.

Mahallalardagi ishsizlikni aniqlash monitoringi

Mahallalarda yoshlarning bandligini ta’minlash uchun “mahalla yettiligi” a’zolari faol ish olib bormoqda. Hokim yordamchilari “Online mahalla”, yoshlar yetakchilari esa “Yoshlar daftari” platformalari orqali ishsiz yigit-qizlarning qiziqishlariga ko‘ra kasb-hunarga o‘qitmoqda va tadbirkorlikka yo‘naltirmoqda.

Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligining platformalari Bandlik vazirligining “Bandlik xizmati” tizimi bilan integratsiyalashgan holda mehnat bozoriga kirib kelayotgan bitiruvchilarning bandligini doimiy monitoring qilib boradi.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan yoshlarning bandligi

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab mehnat bozoriga qaytayotgan yoshlarning bandligi ham diqqat markazida. 2024-yilda 24 545 nafar yosh xizmatni tugatgan bo‘lib, ulardan:

 • 17 787 nafari doimiy ish bilan ta’minlandi;

 • 1 279 nafari harbiy qismlarda xizmatini davom ettirmoqda;

 • 2 047 nafari oliy va oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan.

Yoshlarning bandligini ta’minlashda 8 ta asosiy instrumentdan foydalanilmoqda:

 1. “Yagona milliy mehnat tizimi” orqali bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘llanmalar berish.

 2. Kasb-hunar markazlarida kasbiy ko‘nikmalar o‘rgatish.

 3. Subsidiya ajratish orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash.

 4. Jamoat ishlariga jalb etish.

 5. Oilaviy tadbirkorlik dasturlari orqali imtiyozli kreditlar berish.

 6. Yer maydonlarini onlayn auksion orqali ijaraga berish.

 7. Ishsizlik nafaqasini to‘lash orqali yoshlarni ijtimoiy himoya qilish.

 8. Xorijiy davlatlarga vaqtinchalik mehnat faoliyatiga yuborish.

Xalqaro mehnat bozori imkoniyatlari

Xorijiy davlatlar bilan imzolangan hamkorlik kelishuvlari doirasida qishloq xo‘jaligi, qurilish, mehmonxona xizmati kabi sohalarda yoshlar tashkiliy tarzda xorijda ishga joylashtirilmoqda. Bu yoshlarning bandligini ta’minlash bilan birga xorijiy tajribaga ega bo‘lishlariga ham imkon yaratadi.

Теги :
Jamiyat