$
 12910.15
-14.77
 14660.77
40.1
 159.78
-0.16
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Buxoroda 13 yoshli “haydovchi”ning onasi ma’muriy javobgarlikka tortildi

bola

Buxoroda 13 yoshli bolaning o‘z yashash hududi ko‘chalarida avtomobil haydab yurgani ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Bola mashina kaliti salonda qolib ketganligidan foydalangan

Ma’lum qilinishicha, 13 yoshli bola haydagan mashina uning onasi S. J. ga tegishli bo‘lgan. Bola onasi yo‘qligi hamda avtomashina kalitining salonda qoldirilganidan foydalanib, uni hovli ichidan so‘roqsiz haydab chiqqan.

Shundan so‘ng, Buxoro shahridagi o‘zi yashovchi mahalla ko‘chalaridan birida mashina surib yurgan yosh bolaning boshqaruvi atrofdagilarni xavotirga solgan. Va zudlik bilan ichki ishlar idoralariga xabar berilgan.

Ichki ishlar ogohlantiradi

“Holat yuzasidan tezkor harakatlar olib borildi. Va S. J. ning xonadonida avtomobil kalitini mashina salonida qoldirmaslik, bu har qanday o‘smir bolaning e’tiborini jalb qilishi mumkinligi va ular xatti-harakatini doimiy nazorat qilib borish yuzasidan profilaktik suhbat o‘tkazildi. O‘smir bolaning onasi o‘g‘lining mashinaning hovlidan olib chiqqanidan xabari yo‘qligini va bu o‘zining xatosi ekanini tan oldi. Voyaga yetmagan farzandiga avtomobil boshqaruvini topshirgan onaga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yildi. Shu o‘rinda, barcha ota-onalardan voyaga yetmagan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan farzandlariga avtomobil boshqarishga ruxsat bermasliklarini, ularga doimo yo‘llarda qoidalarga rioya etishni o‘rgatib borishlarini so‘raymiz”, — deydi IIB JXX YXHB Axborot xizmati boshlig‘i Ulug‘bek Shukurlayev.

Ona farzandining harakati uchun jarimaga tortilgan

Ushbu holat yuzasidan S. J. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1351- moddasi (Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning talablarini buzish) hamda 147-modda (Yo‘llarga, yo‘l inshootlariga, yo‘l harakatini tartibga solib turuvchi texnik vositalarga shikast yetkazish, ularni saqlash qoidalarini buzish, yo‘l harakatini tashkil etish talablarini bajarmaslik) qo‘llanilgan. 

Shuningdek, ushbu modda bilan javobgarlikka tortilgan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.