$
 11986.30
10.94
 13937.67
-83.08
 163.61
0.7
weather
+26
Кечаси   +14°

Fors ko‘rfazida yangi mojaro: BAA Eronga tegishli orolni egallashi mumkin

baa

AQSh va Eron o‘rtasidagi vaziyat tobora xavfli tus olayotgan bir paytda Yaqin Sharqdagi yangi sirli reja haqida gap-so‘zlar tarqaldi. G‘arb OAVlariga ko‘ra, Donald Tramp ma’muriyatiga yaqin ayrim odamlar Birlashgan Arab Amirliklarini Eronga qarashli strategik hudud hisoblangan Lavan oroli bosib olishni taklif qildi.

Xo‘sh, Fors ko‘rfazida yangi urush boshlanyaptimi?

Tramp atrofidagilar BAAga Eron orolini egallashni taklif qilgan

The Telegraph nashri Donald Tramp xavfsizlik xizmatining sobiq yuqori lavozimli xodimiga tayanib, Trampga yaqin ayrim shaxslar BAAga Eronga qarashli Lavan orolini egallab olish taklifini berganini yozdi.

Aytilishicha, bu tashabbus Amirliklar aprel oyining boshida Lavan oroliga zarba berganidan keyin paydo bo‘lgan. Sobiq mulozimlardan biri hatto “borib orolni qo‘lga kiriting, u yerda AQSh emas, BAAning quruqlikdagi qo‘shinlari bo‘ladi” degan.

Bu ma’lumot BAAning 11 haftadan beri davom etayotgan mojaro ichiga tobora chuqurroq kirib borayotgani fonida tarqaldi. Fevral oxirida AQSh va Isroil Eronga havo hujumlarini boshlagach, Tehron bunga javoban Fors ko‘rfazidagi AQSh ittifoqchilarini nishonga ola boshlagan. Urush davomida BAA tomon 2 800 dan ortiq raketa va dron uchirilgani aytilmoqda.

BAA, Isroil va AQSh o‘rtasidagi do‘stlik kuchaymoqda

Urush fonida BAA AQSh va Isroil bilan aloqalarni yanada mustahkamlagani aytimoqda. Ammo bu holat qo‘shni davlatlar, ayniqsa Saudiya Arabistoni bilan munosabatlarni sovutib yuborgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, urush boshida BAA prezidenti Saudiya Arabistoni va Qatarga Eronga qarshi birgalikda javob zarbalari berishni taklif qilgan, biroq ular bunga rozi bo‘lmagan. Shundan keyin Amirliklar Eronning ayrim obyektlariga mustaqil hujum qilgani aytilmoqda. Jumladan, aprel boshida Lavan oroliga ham zarba berilgan, ammo Abu Dabi buni rasman tasdiqlamagan.

Shuningdek, Saudiya Arabistoni ham mart oyining oxirida Eronga qarshi bir nechta havo hujumlari uyushtirgan.

Yana bir ma’lumotga ko‘ra, Isroil Eron bombardimonlaridan himoya qilish uchun BAAga “Temir gumbaz” havo mudofaa tizimlarini yuborgan. Bundan tashqari, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu mart oyida BAAga yashirin tashrif buyurib, prezident Shayx Muhammad bin Zoid bilan uchrashgan. Abu Dabi esa bunday tashrif bo‘lganini inkor qilgan.

Eron BAAni “tajovuz hamkori” deb atadi

Bu xabarlardan keyin Eron BAAni “ushbu tajovuzning faol hamkori” deb atadi va Isroil bilan til biriktirayotgan davlatlar javobgarlikka tortilishini aytib ogohlantirdi.

Shu bilan birga, urush Fors ko‘rfazidagi davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni ham o‘zgartirib yuborgan. Avval yaqin bo‘lgan Saudiya Arabistoni va BAA o‘rtasidagi tafovut kuchaygan. Hatto may oyining boshida BAA Saudiya yetakchilik qiladigan OPEK neft tashkilotidan chiqishga qaror qilgan.

AQShning BAAdagi sobiq elchisi Barbara Lifning fikricha, urush qancha uzoq davom etsa, Fors ko‘rfazi davlatlari kim haqiqiy do‘st va kim dushman ekanini qayta ko‘rib chiqishga shuncha ko‘p majbur bo‘ladi. Ayni paytda ayrim Fors ko‘rfazi davlatlari AQShni mintaqani qimmat urushga tortib kirgani uchun tanqid qilayotgan bo‘lsa, BAA aksincha Vashington bilan hamkorlikni yanada kuchaytirayotgani aytilmoqda.

Теги :
Jamiyat