BAA o‘zbekistonlik erkaklarni mamlakat hududiga kiritmayapti
Toshkentdan kelgan 31 nafar O‘zbekiston fuqarosi Abu-Dabi aeroportida qariyb bir kun ushlab turildi.
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdan kelgan 31 nafar O‘zbekiston fuqarosi Abu-Dabi aeroportida qariyb bir kun ushlab turildi.
Vaziyat tafsiloti
Joriy yilning 30-noyabr kuni Abu Dabi shahridagi Shayx Zoid nomidagi xalqaro aeroportga Toshkent—Abu-Dabi yo‘nalishi bo‘yicha Wizz Air aviaqatnovi orqali uchib kelgan 31 nafar O‘zbekiston fuqarosi noma’lum sabablarga ko‘ra amirliklar hududiga kiritilmagan. Ularning pasportlari musodara qilingan, so‘roq qilingan va qaytarib berilmagan.
Bosh konsulxona bayonoti
O‘zbekistonning BAAdagi elchixonasi O‘zbekiston fuqarolari amirliklar hududiga kiritilmayotgani yuzasidan ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Abu Dabidagi elchixonasi va Dubaydagi Bosh konsulxonasi mazkur aeroport ma’muriyati hamda amirliklarning mutasaddi idoralari vakillari bilan muloqotda bo‘lib, vaziyatni nazoratga olgan. "Aeroport ma’muriyati bilan hamkorlikda hamyurtlarimizni uch mahal ovqat bilan ta’minlash hamda ularga zarur hollarda tibbiy yordam ko‘rsatish choralari tashkil etildi. Yuzaga kelgan vaziyatni hal etish bo‘yicha barcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda", — deyiladi xabarda.
Bu chora O‘zbekistonning uch fuqarosi gumon qilinayotgan ravvin Svi Koganning o‘ldirilishi bo‘yicha tergov bilan bog‘liq bo‘lish ehtimoli yuqori.



