$
 12145.65
3.71
 14268.71
-21.14
 164.33
1.7
weather
+26
Кечаси   +14°

DXXning sobiq raisi Abdusalom Azizovning yangi lavozimi aniq bo‘ldi

Abdusalom Azizov Foto: Gazeta.uz

Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan yuqori lavozimlarga yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

Prezident maslahatchisi o‘rinbosari

Unga ko‘ra, Ruslanbek Davletov ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Abdusalom Azizov ushbu soha bo‘yicha maslahatchining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Suxrob Yusupov va Adxam Turdiyev esa maslahatchining boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari etib belgilandi.

Bundan tashqari, Muzaffar Kamilov va Olim Saliyev o‘z lavozimlaridan boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Xavfsizlik kengashiga o‘tkazilgan Azizov

O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimidan ozod etilgan general-leytenant Abdusalom Azizov prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi ixtiyoriga o‘tkazilgan edi. U 2019-yil fevralidan beri DXXga rahbarlik qilib kelayotgandi.

Abdusalom Azizov O‘FAdan ham ketishi mumkin

Mazkur o‘zgarishlardan so‘ng, Abdusalom Azizovning yana bir lavozimi bo‘lgan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi raisi lavozimidagi taqdiri nima bo‘lishi haqida saytimizda maqola e’lon qilingan edi. Unga ko‘ra, amaldagi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimidan ozod etilgach, O‘FA rahbariyatida ham o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shu yilning 14-dekabr kuni O‘FAning navbatdagi Kongressi bo‘lib o‘tadi va katta ehtimol bilan shu kuni tashkilotga yangi rahbar saylanadi.

Теги :
Jamiyat