$
 12073.42
-72.23
 14134.35
-134.36
 164.47
0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

Bir tom ostida: Ayritom savdo majmuasi bir yil ichida muhim savdo markaziga aylandi

Garden Inn

Mustaqillik — eng ulug‘ ne’mat deya bot-bot takrorlanishi bejiz emas. Ayni shu ne’mat xalqimizning farovon turmushi, tinch hayot kechirishi va porloq kelajak sari qadam qo‘yishi uchun asosiy tamal vazifasini bajarib kelmoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan muhim tashabbuslar, faol qo‘shnichilik munosabatlari, iqtisodiy-ijtimoiy loyihalar, taraqqiyotga qaratilgan muhim davlat dasturlari aholi hayotining har bir jabhasida oְ‘zining ijobiy aksini topmoqda.

Ayritom savdo majmuasi ishga tushganiga 1 yil bo‘ldi

Xususan, Surxondaryo viloyatining Afg‘oniston bilan chegaradosh Termiz shahrida 2024-yilda ishga tushirilgan Ayritom savdo majmuasi ham ana shunday muhim ijtimoiy-iqtisodiy sherikchilik borasidagi muhim qadamlardan biri bo‘lgani shubhasiz. Bugungi kunda umumiy maydoni 36 gektarni tashkil qiluvchi ushbu majmua ikki xalq vakillari uchun nafaqat savdo almashinuvi, balki turli zarur ijtimoiy muassasalarini o‘z ichiga olganligi bilan ham ahamiyatlidir.

Kompleksda nimalar bor?

Majmua ochilganiga endigina bir yil bo‘lgan bo‘lsa-da, bugun unda afg‘onistonlik hamda o‘zbekistonlik tadbirkorlar xaridorlarga faol xizmat ko‘rsatishni boshlagan. Umumiy to‘rt blokdan iborat savdo qismida kiyim-kechak, maishiy hamda oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari, eng zamonaviy texnikalar, qimmatbaho zargarlik buyumlari, xo‘jalik, uy-joy ta’miri uchun muhim vositalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘konlar, ishlab chiqarish bo‘limlari tashkil etilgan.