$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

7,5 million nafar xotin-qizlardan 1 million 265 nafari “Ayollar daftari”ga kiritilgan

Ayollar daftari

“Ayollar daftari”ning 5-bosqichini shakllantirishda 30 yoshdan oshgan 7,5 mln. nafar xotin-qizlar xatlovdan o‘tkazilib, 1 mln. 265 nafari “Ayollar daftari”ga kiritildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva maʼlum qildi.

Yordam ko‘rsatilgani qancha?

Daftarga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan manzilli ro‘yxatlari, “Individual dasturlar” va “Yo‘l xaritalari” Xalq deputatlari tuman/shahar Kengashlariga kiritildi va sessiyalarda tasdiqlandi. 

Daftarga kiritilgan 1 mln. 265 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarning 982 387 nafariga yordam ko‘rsatildi.

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash

Chekka va olis hududlardagi mahallalarda kamida 20 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni kasanachilik asosida ish bilan taʼminlagan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida loyihalar tanlovi o‘tkazilib, tanlovda ishtirok etgan 52 nafar tadbirkorlik subyektlarining loyiha takliflari va hujjatlari tanlov komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqildi.

50 million so‘mdan grant mablag‘lari

Tanlov komissiyaning qaroriga muvofiq, tanlov shartlari va Nizom talablariga muvofiq keladigan, eng yaxshi va asosli deb topilgan 12 nafar tadbirkorlik subyektlarining loyihalariga har biri uchun 50 million so‘mdan grant mablag‘lari ajratilishi belgilandi.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlarni tanlash bo‘yicha tuman (shahar) hamda hududiy komissiyalarning namunaviy tarkibi tasdiqlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari har to‘rt yilda uchdan ikki qismi yangilanishi nazarda tutilgan holda, tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining qarori bilan tashkil etilishi belgilandi.

Yo‘nalishlar bo‘yicha har bir o‘ringa munosib talabgorlarni tanlash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

— tuman (shahar) bosqichi — 2 sentyabrdan 20 oktyabrga qadar;

— Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi — 21 oktyabrdan 30 noyabrga qadar;

— respublika bosqichi — 1 dekabrdan 31 dekabrga qadar o‘tkaziladi.

Теги :
Jamiyat