$
 12354.65
48.85
 14384.52
-4.65
 153.93
1.37
weather
+26
Кечаси   +14°

74 mingdan ziyod ajratilgan kreditlar

positive

74 mingdan ziyod ajratilgan kreditlar

Ayollar tadbirkorligi uchun 1 trillion 230 milliard so‘m miqdorida kreditlar ajratilgan.

Ayollar tadbirkorligi

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar doirasida, ularga kichik biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun tijorat banklari tomonidan 74 ming 420 nafar xotin-qizga 1 trillion 230 milliard so‘m kreditlar ajratilgan.  

"Oqila ayollar harakati"

Oilalar muhitini o‘rganish bo‘yicha "Oqila ayollar harakati" a’zolari va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi tomonidan 120 ming 688 ta oila bilan o‘rganish ishlari olib borilgan.

Ulardan 59 ming 345 tasida mavjud nizolar bartaraf etilib, 36 ming 618 ta oila yarashtirilgan. 12 ming 347 ta aliment, 2 ming 665 ta uyga kiritish hamda 4 ming 953 ta mol-mulk bilan bog‘liq nizolar hal etilganligi aytilmoqda.

Jarrohlik amaliyotlari 

2 ming nafar jarrohlik operatsiyasiga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan mablag‘ ajratish bo‘yicha yillik reja tasdiqlanib, joriy yilning aprel-iyun oylari davomida 735 nafar ehtiyojmandga operatsiya va davolanish uchun 10 milliard so‘mga yaqin mablag‘lar ajratilgan.

Теги :
Jamiyat