$
 12179.87
8.26
 14079.93
-37.92
 148.52
-1.28
weather
+26
Кечаси   +14°

Ayollar erkaklardan o‘rtacha 5–6 yil ko‘proq yashaydi. Buning sababi nimada?

ayol

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda dunyoning 234 ta mamlakatida ayollar erkaklarga qaraganda ko‘proq umr ko‘rmoqda. BMT Aholishunoslik bo‘limining hisob-kitoblariga qaraganda, umr ko‘rish davomiyligi — bu insonning tug‘ilgan yili, jinsi va yashayotgan hududi kabi omillarga qarab o‘rtacha qancha yil yashashi kutilayotganini ko‘rsatadigan statistik ko‘rsatkichdir. Dunyo bo‘yicha ayollar va erkaklar umr ko‘rishidagi farq odatda 5–6 yil atrofida bo‘ladi, ayrim davlatlarda esa bu farq 4 yildan 11 yilgacha yetadi. 

Xo‘sh, nega ayollar erkaklardan ko‘proq yashaydi?

Eng uzoq umr ko‘radigan ayollar qaysi davlatlarda?

Umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha yetakchi davlatlar asosan boy kichik mamlakatlar va Sharqiy Osiyo davlatlari hisoblanadi. Masalan, Monako dunyoda eng yuqori ko‘rsatkichga ega mamlakatlardan biri. Bu yerda ayollar o‘rtacha 88,85 yil, erkaklar esa 84,78 yil yashaydi. Umumiy o‘rtacha ko‘rsatkich esa 86,73 yilni tashkil qiladi.

Bu borada boshqa davlatlar ham yuqori o‘rinlarni egallab turibdi. Masalan, San-Marinoda ayollar o‘rtacha 87,44 yil, erkaklar 84,54 yil yashaydi. Gonkongda ayollar 88,51 yil, erkaklar 83,22 yil umr ko‘radi. Yaponiyada ayollar o‘rtacha 88,18 yil, erkaklar esa 82,13 yil yashaydi, Janubiy Koreyada esa ayollar 87,51 yil, erkaklar 81,56 yil umr ko‘radi.

Biroq dunyoning barcha hududlarida ham vaziyat bunday emas. Umr ko‘rish davomiyligi eng past bo‘lgan davlatlar asosan Sahroyi Kabirdan janubda joylashgan Afrika mamlakatlari hisoblanadi. Masalan, Nigeriyada ayollar o‘rtacha 55,3 yil, erkaklar esa 54,6 yil yashaydi. Shunday qilib, eng yuqori ko‘rsatkichga ega Monako bilan eng past ko‘rsatkich qayd etilgan Nigeriya o‘rtasidagi farq qariyb 32 yilni tashkil qiladi.

Ayollar nega ko‘proq yashaydi?

Ayollarning uzoq umr ko‘rishiga biologik omillar ham katta ta’sir qiladi. Masalan, ayollarda ikkita X-xromosoma mavjud. Agar ulardan birida muammo paydo bo‘lsa, ikkinchisi uni qisman to‘ldira oladi. Erkaklarda esa bitta X va bitta Y xromosoma bo‘lgani sababli bunday “zaxira” mavjud emas.

Bundan tashqari, ayol organizmidagi estrogen gormoni ham muhim rol o‘ynaydi. Bu gormon qon tomirlarini elastik saqlaydi va “yomon” xolesterin miqdorini kamaytiradi. Natijada ayollar yurak-qon tomir kasalliklaridan kamroq aziyat chekadi. Ayollarning immun tizimi ham kuchliroq bo‘ladi. Olimlar buni evolyutsiya davomida ona va bolani himoya qilish zarurati bilan shakllangan tabiiy mexanizm deb hisoblashadi.

Erkaklarning umrini qisqartiradigan omillar

Erkaklarning qisqaroq umr ko‘rishiga ularning turmush tarzi ham sabab bo‘ladi. Erkaklar ko‘proq tavakkal qilishga moyil. Masalan, ekstremal sport, tez haydash yoki xavfli kasblarda ishlash ularda ko‘proq uchraydi. Shuningdek, chekish va spirtli ichimlik iste’moli ham erkaklar orasida kengroq tarqalgan.

Ayollar esa odatda sog‘lig‘iga ko‘proq e’tibor beradi. Ular shifokorga vaqtida murojaat qiladi, profilaktik tekshiruvlardan o‘tadi va sog‘lom turmush tarziga ko‘proq amal qiladi. Ruhiy holat ham muhim rol o‘ynaydi. Jamiyatdagi “erkaklar yig‘lamaydi” degan qarash ko‘pincha erkaklarning stressni ichida saqlab yurishiga olib keladi. Ayollar esa his-tuyg‘ularini suhbatlashish, bo‘lishish yoki yig‘lash orqali chiqarib yuboradi. Bu esa ruhiy yengillik beradi va sog‘liqqa ham ijobiy ta’sir qiladi. Shu sababli olimlar ayollarning uzoq umr ko‘rishini biologik ustunlik, ehtiyotkor turmush tarzi va ruhiy muvozanat bilan izohlashadi.

Теги :
Jamiyat